22:01 / 20.10.2024
50

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Manchini iste’foga chiqarilmoqda

Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Manchini iste’foga chiqarilmoqda
Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqariladi. Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi yaqin vaqtlarda italiyalik mutaxassisning iste’fosini e’lon qiladi.

Manchinining ishdan olinishini Saudiya Arabistoni qiroli tasdiqlashi kerak, jarayon bugungi kun so‘nggiga qadar ro‘y berishi kutilmoqda.

Manchini iste’fosining sababi Saudiya Arabistoni terma jamoasining qoniqarsiz natijalari, shuningdek bosh murabbiyning jamoa bilan munosabatlariga putur yetgani bilan izohlanmoqda.

Federatsiya Manchinining o‘rniga "Al Hilol" klubining sobiq bosh murabbiyi Ramon Dias va 2019-2023 yillar Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqargan fransiyalik mutaxassis Erve Renar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Manchini Saudiya Arabistoni termasiga o‘tgan yilning avgust oyida Italiya terma jamoasidan ketgan holda kelgandi. Jamoa uning qo‘l ostida JCH-2026 saralashining so‘nggi 4 ta o‘yinida atigi 1 ta g‘alabaga erishdi. Terma jamoa 5 ochko bilan o‘z guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Manchini iste’foga chiqarilmoqda