18:23 / 21.10.2024
22

Turki al Ash-Shayx Beterbiyev va Bivolning kafolatlangan to‘lovlarini 50 foizga oshiradi

Turki al Ash-Shayx Beterbiyev va Bivolning kafolatlangan to‘lovlarini 50 foizga oshiradi
Saudiya Arabistonida ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki al ash-Shayx Beterbiyev—Bivol revansh jangi uchun gonorarlarni oshirishini aytib o‘tdi.

Turki al ash-Shayx revansh jangi uchun bokschilarga 15 million dollardan gonorar berilishini ma’lum qildi. Dastlabki jangdan oldin Bivol hamda Beterbiyevga 10 million dollardan gonorar kafolatlangan edi.

Bokschilar o‘rtasidagi revansh jangi 2025 yilning birinchi yarmida, Ar-Riyodda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 12 oktyabr kuni Artur Beterbiyev Dmitriy Bivol ustidan ochkolar evaziga (114-114, 115-113, 116-112) g‘alaba qozonib, yarim og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turki al Ash-Shayx Beterbiyev va Bivolning kafolatlangan to‘lovlarini 50 foizga oshiradi