Rossiyalik bokschi Idris Abdurashidov eronlik Bager Farajini boshiga tepib, nokautga uchratdi. Yengil vazn toifasidagi jang Tailanddagi klublardan birida boks qoidalariga ko‘ra bo‘lib o‘tdi.
Abdurashidov uchun bu jang uning boksdagi debyuti edi. Bahs rossiyalik jangchi uchun qiyin kechdi. To‘rtinchi raundda esa 21 yoshli Idris raqibiga oyoq bilan zarba berdi, shundan so‘ng Faraji ringga yiqilib tushdi. Eronlik sportchi uchrashuvning g‘olibi deb topildi.
Aburashidov shu zahoti musobaqalardan diskvalifikatsiya qilingan va binoni tark etishi so‘ralgan.
Qoidalarni qo‘pol buzgani uchun Abdurashidov boks va MMA musobaqalaridan umrbod diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Ilgari Idris aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. U janglardagi to‘rtta g‘alabani nokaut bilan qo‘lga kiritgan va birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Foto: Instagram
Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Abdurashidov Faraji bilan tushgan suratni joylashtirdi: “Qo‘l tashladik, oramizda hammasi joyida”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
Ukraina ilk bor AQSH raketasi bilan Rossiyaga zarba berdi