
Yevropa Chempionlar ligasining uchinchi turida “Bavariya” futbolchilari “Barselona”dan qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Mezbonlar raqibni 4:1 hisobida dog‘da qoldirdi.
Uchrashuvdan keyin myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani mag‘lubiyat sabablarini quyidagicha izohladi.
- Eng oddiy tahlillar ham uchrashuvda biz egalik qilgan to‘p nazorati raqibdan tashabbusni tortib olish uchun ishlatilishi kerakligini ko‘rsatadi.
Biz oldinga o‘tib, bir necha vaziyatlar yaratdik, lekin 90 daqiqa davomida tashabbusni o‘z tomonimizga og‘dira olmadik. Buni raqib uddaladi. Bizni o‘yinni nazorat qila olmaganimiz uchun jazolashdi, - dedi Vensan Kompani.
Dastlabki ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan “Bavariya” bu mavsum xalqaro maydondagi ilk mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar