date
views 74

Saudiya Arabistoni terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini iste'foga chiqarildi

Saudiya Arabistoni terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini iste'foga chiqarildi
Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Saudiya Arabistoni bosh murabbiyligini tark etdi. Saudiya futbol federatsiyasi Manchini bilan amaldagi shartnomani bekor qildi.

Roberto 2023 yilning avgustidan buyon terma jamoani boshqarib kelayotgandi. Uning qoʻl ostida Saudiya termasi 20 ta oʻyin oʻtkazib, 8 tasida gʻalaba qozongan va 5 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchragan.

Manchini qoʻl ostida jamoa Osiyo Kubogining 1/8 finalidan oʻrin olgan bahsda Janubiy Koreyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlib, musobaqani tark etgandi.

Saudiya Arabistoni JCh—2026 3-saralash bosqichida 4 oʻyindan soʻng bitta gʻalaba bilan C guruhida 3-oʻrinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Saudiya Arabistoni terma jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchini iste'foga chiqarildi