Superligada 22-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Qizilqum" jamoasi "Paxtakor"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi va jamoasining "Paxtakor" ustidan qozongan g‘alabasi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.
- "Albatta, g‘alaba doim yoqimli. Bugun to‘g‘ri strategiya tanlagan edik va bu o‘zini oqladi. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga tashakkur. Bu ketma-ket ikkinchi g‘alabamiz", - dedi Jamshid Saidov.
- Bu strategiya bahs avvalida rejaga kiritilganmidi?
- Biz bila turib shu strategiyani tanladik. Bugun yigitlar maydonda bor kuchi bilan harakat qildi.
- "Qizilqum" kuchliroq jamoalar bilan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda. Buning siri nimada?
- Bu savolni berishingizni kutgan edim. Bu masala meni ham o‘ylantiradi. Kuchsizroq jamoalar bilan o‘yinlar qiyin kechayotgani rost. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Raqibga to‘g‘ri baho bermaslik bilan bog‘liq.
- Akaki Shulaya hujumkor yarim himoyachi edi, bugun u himoyada harakat qildi. Sababi nima?
- Besh himoyachi bo‘lib, himoyadan o‘ynadik va qarshi hujumlarni kutdik. Bugungi strategiyamiz shunday edi.
- Lobjanidzening jarohati qanchalik jiddiy? Shikastlangan darvozabon - Robert Ozols qachon safga qaytadi?
- Ozols safga qaytish uchun vaqt yetadi. 9-10 kunda asosiy jamoaga qo‘shilishi kerak. Lobjanidze haqida hech narsa deya olmayman. Tibbiy ko‘rik xulosalarini ko‘rish lozim.
- Humoyunshoh Sayyotov bugun yaxshi harakat qildi. U o‘yindan-o‘yinga ochilyaptimi yoki avval ham mahoratli posbonmidi?
- Sayyotov istiqbolli posbon. U asta-sekinlik bilan o‘sib, tajriba to‘plab bormoqda. So‘nggi 3ta o‘ynda o‘zini faqat yaxshi tomondan ko‘rsatdi.
- Akaki Shulaya bilan shartnoma uzaytiriladimi?
- Uning mavsum oxirigacha shartnomasi bor. Bu haqida hali o‘ylamayapmiz. Oldinda bizni 4 uchrashuv kutib turibdi. Vazifani bajarishga qaratilgan barcha e’tiborimiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi