21:06 / 27.10.2024
136

Abbosbek Fayzullayev katta gapirib yubordi!

Abbosbek Fayzullayev katta gapirib yubordi!
Rossiya Premer-ligasining 13-turida SSKA jamoasi o‘z maydonida chempionat autsayderlaridan biri “Fakel” jamoasini yenga olmadi. “Armiyachilar” ustunligi o‘tgan bellashuvda hisob ochilmadi va tomonlar bittadan ochkoni bo‘lishib oldi. Uchrashuvdan keyin SSKA yetakchisi Abbosbek Fayzullayev o‘yin haqida o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

O‘yin haqida

“Fakel”ga qarshi juda og‘ir o‘yin bo‘ldi va biz o‘ta muhim ikki ochkoni yo‘qotdik. Biz juda yaxshi holatda edik va bungacha qatorasiga bir necha uchrashuvda zafar quchgandik. Lekin bu gal oldingi chiziqda ko‘proq xavfli vaziyatlar yarata olmadik.

“Fakel” juda mustahkam himoyalandi, shu bois bizga bu bellashuv og‘irlik qildi.

Keyingi turda bo‘ladigan “Spartak” bilan derbi haqida

Biz keyingi turda “Spartak”ni mag‘lub qilishni istaymiz va buni uddalay olamiz. Bizda yaxshi jamoa va murabbiylar shtabi shakllangan.

“Spartak”ni yengamiz, deb o‘ylayman. “Fakel” bilan o‘yinda yo‘qotilgan ikki ochko “Spartak” bilan bo‘ladigan to‘qnashuv oldidan jamoaga hech qanday bosim o‘tkazmaydi. Aslida bu bahsda ham g‘alaba qozonib, bo‘lajak bahsga yanada ko‘tarinki kafiyatda borsak yaxshi bo‘lardi.

Yangi pozitsiya haqida

O‘ng qanot laterali pozitsiyasida to‘p surish biroz g‘alati bo‘ldi. Lekin bosh murabbiy aynan shu pozitsiyada o‘ynashim kerakligini aytdi. Men har doim tayyorman.

Miralem Pyanich haqida

Miralem Pyanich haqiqiy usta. U hech kim kutmagan paslarni aniq uzata oladi, hujumni kuchaytiradi. Bizga maydon markazida aynan mana shunaqa futbolchi kerak edi.

Menga bunaqa futbolchi bilan birga o‘ynash juda qulay. Pyanich zo‘r zarbaga ega va standart vaziyatlarni ham juda yaxshi bajaradi. Agar standart vaziyatlardan unumli foydala olsa, zarbalarni o‘zi beraversin.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev 2023 yilning avgustidan beri SSKA sharafini himoya qilib kelmoqda. 21 yoshli futbolichimiz hozirga qadar barcha turnirlarda “armiyachilar” safida 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol va 19 ta assist muallifi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abbosbek Fayzullayev katta gapirib yubordi!