Koreya Respublikasining Seul shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’a futbolining eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda.
Unda 2023 yilgi yirik musobaqalar, xususan, Osiyo Kubogi 2023 va futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi kabi turnirlar davomida o‘z mahoratini namoyish etgan futbolchi, murabbiy va rasmiylar taqdirlanadi.
Yilning eng yaxshi futbolchisi hamda eng yaxshi ayol futbolchi mukofotlaridan tashqari, murabbiylar, a’zo assotsiatsiyalar va mintaqaviy assotsiatsiyalarining yutuqlari e’tirof etiladi. Ushbu oqshomda jami 21 nafar g‘oliblar taqdirlanishi belgilangan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topildi.
21 yoshli Abbosbek Fayzullayev o‘z nominatsiyasining yakuniy bosqichida Yaponiyaning “Kimamura” klubi hujumchisi Gaku Navata (Yaponiya) va Angliyaning “Stok Siti” jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Bae Jun Xo (Janubiy Koreya) kabi raqobatchilarni ortda qoldirib, sovringa munosib topildi.
Taniqli mutaxassislar Fayzullayevning qit’a miqyosidagi bu yutug‘iga qanday munosabat bildirganini o‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga havola qilamiz.
Aleksandr Grishin, SSKA sobiq futbolchisi:
Fayzullayevni Osiyoning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovrini bilan tabriklash mumkin. Chunki bu sovrinni shunchaki berishmaydi.
Nafaqat sportchi, balki har qanday inson uchun ham bunaqa sovrinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Sovrin – qilingan mehnatlar bahosi. Bunga javoban Abbos yanada tez o‘sadi, kengroq taniladi. Bu futbolchi va klub uchun yaxshi.
Bizning jamoamizda shunaqa futbolchi paydo bo‘lgani quvonarli. SSKAdan xalqaro sovrinlarni qo‘lga kiritadigan futbolchi chiqmaganiga ancha bo‘lgandi.
Dmitriy An, Abbosbek Fayzullayevning birinchi murabbiyi:
Shogirdimning yutug‘idan quvonch va faxr tuydim. Abbos Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida e’tirof etilgani zo‘r bo‘ldi. U bilan qo‘ng‘iroqlashsam, erilishgan muvaffaqiyatlar bilan cheklanib qolmaslikni tayinlayman va bu faoliyatining boshlanishi ekanini aytaman.
Kelajakda u kattalar o‘rtasida ham Osiyoning eng zo‘r o‘yinchisi bo‘la oladi. Eng muhimi, o‘sishda davom etish, mehnat qilish va hech qachon to‘xtab qolmaslik.
Valeriy Nepomnyashchiy, taniqli futbol murabbiyi:
Mutlaqo adolatli qaror. Abbosbek yosh bo‘lishiga qaramay, anchadan beri jiddiy darajada o‘ynayapti.
SSKAdan tashqari O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham muvaffaqiyatli to‘p tepib kelmoqda. Kelajakda yanada kuchli chempionatlarda o‘ynashiga ishonchim komil. SSKAdan keyin Yevropaning top-klublariga o‘tish imkoni bor.
Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning avgustida SSKA sharafini himoya qilib kelmoqda. 21 yoshli universal futbolchimiz legionerga aylanganidan beri transfer summasi bir necha baravar oshib, bugungi kunda 6 million yevroga yetdi.
Ayni paytda Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylangan. U O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 21 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi