00:00 / 31.10.2024
102

Osiyoni zabt etgan Fayzullayevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi

Osiyoni zabt etgan Fayzullayevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi
Abbosbek Fayzullayev Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’aning eng yaxshi yosh o‘yinchisi sifatida e’tirof etilganidan keyin 21 yoshli legionerimizning yutug‘iga munosabatlar bildirilishi davom etmoqda.

Bu gal Abbosbek Fayzullayev haqida O‘zbekiston va Rossiya futbolining eng yorqin o‘yinchilari bildirgan fikrlar keltiriladi.

Server Jeparov, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori, 2008 va 2011 yillarda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan qit’aning eng yaxshi futbolchisi sovriniga loyiq topilgan:

- Abbos Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olinganidan men juda xursandman. Rivojlanishda davom etish uchun nima qilish kerak?

Harakatdan to‘xtamaslik lozim. Ko‘p ishlashi, o‘z mahoratini charhlab borishi, yaxshi muhitda bo‘lish muhim ahamiyat kasb etadi.


Igor Semshov, Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi:
- Abbosbek Fayzullayev haqli ravishda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi. SSKAdagi o‘yinlari orqali jamoaning asosiy futbolchisi ekanini isbotlab qo‘ydi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatmoqda. Hozir u “armiyachilar”ning haqiqiy yetakchisiga aylanib bormoqda.

Uning yoshi yanada o‘sish imkonini beradi. Abbos – kuchli xarakterga ega yigit. Qit’aning eng yaxshi o‘yinchisi sovrinini qo‘lga kiritgani uning to‘g‘ri yo‘ldan borayotganini ko‘rsatadi.

Fayzullayev legioner sifatida endi bitta mavsumni to‘liq o‘tkazgan. Shu bois, Yevropaga ketishga shoshilmagani ma’qul. Kuchli ligalardagi jamoalar asosiy tarkibiga kirishga da’vogarlik qilish uchun mukammal shakllangan futbolchi sifatida o‘tish kerak. Xorijga zaxirada o‘tirish uchun borish to‘g‘ri emas.

Abbosbek Fayzullayev Ispaniya yoki Italiya chempionatlaridan biri mos keladi. Bu mamlakatlarda maydon zo‘r, futboli texnikaga asoslangan.


Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2023 yilning avgustida SSKAga ko‘chib o‘tgan legionerimiz qisqa fursat ichida “armiyachilar”ning asosiy figuralaridan biriga aylandi.

21 yoshli hujumkor futbolchimiz joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bir juft gol va beshta golli pas rasmiylashtirib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyoni zabt etgan Fayzullayevga “top-5”dagi qaysi ligaga borishini aytishdi