Fransiya chempionatining o‘ninchi turi doirasidagi eng qizg‘in kechgan bahs PSJ va “Lans” jamoalari o‘rtasida bo‘ldi. Uchrashuvda Usmon Dembele kiritgan yagona gol parijliklarga uch ochko keltirdi. Biroq lansliklar o‘yin bobida chempion jamoadan qolishmasligini namoyish qildi.
Bu bahsda hammaning e’tiborini Abduqodir Husanov tortdi. Aslida PSJ legionerimizni transfer qilish maqsadida kuzatishi aytilgan edi. Lekin bu bahsda 20 yoshli himoyachi asosan qo‘polligi bilan ko‘zga tashlandi.
Birinchi bo‘limda ikki futbolchi – Usmon Dembele va braziliyalik Lukas Beraldo o‘zbek yigiti bilan to‘qnashganidan keyin o‘ziga kelishiga bir necha daqiqa kerak bo‘ldi. Bellashuvning 60-daqiqasi o‘tib borayotganida Ashraf Hakimi Abduqodir Husanovning zarbasidan keyin yerga quladi.
Bu fol o‘ta qo‘pol amalga oshirilgani bois, hakam bungacha ogohlantirish olgan legionerimizga bu gal to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil qartochka ko‘rsatdi.
“Lans” faoliyatini tahlil qilib borayotgan lensois.com portali ekspertlari jamoaning PSJga qarshi eng yaxshi o‘ynagan va ishonchni oqlamagan futbolchilarini aniqlab chiqdi.
Eng yaxshi futbolchilar
Bris Samba
Anchadan beri “Lans” darvozasiboniga buncha ko‘p ish bo‘lmagandi. “Lans” hisob yiriklashib ketmagani uchun Sambaga minnatdorlik bildirishi kerak. Tajribali golkiper 15, 30, 35, 43-daqiqalarda xavfli zarbalarni bartaraf etdi.
Endi Diuf
Bu futbolchi katta tezlikda hujumga o‘tish orqali parijlik himoyachilarni bosim ostida ushlab turdi. Uning ayrim hujumlari darvoza tomon zarba berish bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda Diuf yanada faolroq o‘ynadi.
Ishonchni oqlamaganlar
Joanner Chaves
Parijdagi uchrashuv Chaves uchun ancha og‘ir o‘tdi. Bu futbolchi raqib hujumchisi Bredli Barkolaga to‘sqinlik qila olmadi. Bir necha bor yakkakurashlarda imkoniyatni boy berdi. Hujum uyushtirishda ham bo‘sh o‘ynadi. O‘yinning ikkinchi yarmida himoyalanishga yordam berdi, biroq oldinda hech narsa qila olgani yo‘q.
Jonatan Gradit
Chaves bilan bir qanotda o‘ynagan Gradit Bredli Barkolaga qarshilik ko‘rsatolmadi. Parijliklar g‘alaba to‘pini kiritgan hujum aynan Graditning xatosidan keyin yuzaga keldi. Barkola yakkama-yakka kurashlarda Graditni bir necha marotaba ojiz qoldirib ketdi. Uill Still 62-daqiqada uni o‘yindan olib tashladi.
Abduqodir Husanov
Abduqodir Husanov birinchi bo‘limda kuchli raqibga qarshi birorta muammoga duch kelmagan yagona himoyachi bo‘lgandi. Usmon Dembele bu himoyachi bilan kurashda ancha qiyinchilikka duch keldi. Birinchi bo‘lim oxiriga kelib, Husanov shiddatli podkat uchun ogohlantirish oldi.
59-daqiqada Husanov mashhur hamkasbi Ashraf Hakimiga nisbatan juda qo‘pol o‘ynadi. Bu vaziyat VAR tizimida qayta ko‘rilganidan keyin hamyurtimiz to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka bilan jazolandi.
Eslatib o‘tamiz, bu Abduqodir Husanovning Fransiya chempionatidagi ilk qizil kartochkasi sifatida esda qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘zbekiston hukumati parlament oldidagi vakolatlarini topshirdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Toshkentda Traverse va Equinox to‘qnashuvida ikki kishi jarohatlandi