O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” klubi himoyachisi keyingi paytda transferlarga oid muhokamalarning markazida turibdi.
Oktbyar oyi o‘zbek legioneri uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Hamyurtimiz bir necha indivudial natijalarni qayd etdi. Xususan, “Lans” muxlislari 20 yoshli himoyachini oktyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi, deb topdi. Lanslik futbol ishqibozlari Abduqodirni sentyabr oyida ham jamoaning eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etgandi.
Bundan tashqari, hamyurtimiz Fransiya chempionatining oktbyar oyidagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi sovriniga ham loyiq topildi.
Yevropaning PSJ, “Tottenxem”, “Chelsi” kabi grand klublarini o‘ziga qaratgan hamyurtimiz faoliyatida ozgina yoqimsiz holat ham bo‘ldi. Abduqodir o‘ziga xaridor bo‘lgan PSJga qarshi uchrashuvda parijliklarning yulduzlariga nisbatan shiddatli va qo‘pol o‘ynadi. Oqibatda, hamyurtimizning marokashlik Hakim Ashrafiga ishlatgan podkati xavfli, deb topildi va Husanov maydondan chetlatildi.
Fransiya professional futbol ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi o‘zbek futbolchisini ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Husanov 9 noyabrda “Nant” va 23 noyabrda “Marsel” bilan bo‘ladigan o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
20 yoshli futbolchimiz o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaydi, albatta. Srechko Katanes uni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga taklif qildi va noyabr oyi yig‘inlari doirasida ikkita rasmiy uchrashuvda qatnashishi kutilmoqda.
“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com portali bu haqida quyidagi ma’lumotni chiqardi.
- Abduqodir Husanov orzusi sari otlanmoqda. Fransiya chempionatining noyabrdagi ikki uchrashuviga diskvalifikatsiya qilingan Husanov bu oyda o‘yin amaliyotimiz qolib ketmaydigan bo‘ldi. “Lans” uni O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikkita muhim uchrashuviga kuzatib qo‘yadi.
O‘zbekiston 2026 yilgi jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralash turniri doirasida 14 noyabr kuni Qatarga qarshi o‘ynaydi. 19 noyabrda esa, Laosda Shimoliy Koreya futbolchilari bilan kuch sinashadi.
“Lans” himoyachisi o‘z jamoadoshlari bilan mamlakat terma jamoasini birinchi bor jahon chempionatiga olib chiqish orzusini amalga oshirishgan ilk futbolchilar bo‘lish ehtimoli katta.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi dastlabki to‘rt tur yakuniga ko‘ra, o‘n ochko jamg‘argan holda, o‘z guruhida Eron bilan birgalikda peshqadamlik qilmoqda. Musobaqa qoidasiga ko‘ra, ayni paytda davom etayotgan uchinchi bosqichda dastlabki ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar jahon chempionatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma oladi.
Peshqadamlardan oltidan ochkoga ortda qolayotgan Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar terma jamoalari saralash o‘yinlarini davom ettirish huquqini beradigan 3 va 4-pog‘onalardagi o‘rnini saqlab qolish uchun kurashadi.
O‘zbekistonlik futbolchilar oradagi farqni ushlab qolish uchun Qatarni to‘xtatishi va neytral maydondagi bo‘ladigan bahsda atigi ikki ochkoga ega Shimoliy Koreyani yengishi talab etiladi, - deb yozdi lensois.com portali eksperti Kristof Shaad.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2023 yilning yozidan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Iste’dodli himoyachi xalqaro miqyosda hozirga qadar 16 marotaba maydonga tushgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?