11:42 / 10.11.2024
28

O‘zbekiston MMA terma jamoasi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi

O‘zbekiston MMA terma jamoasi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
Xabaringiz bor, 5 noyabr’ kuni Toshkentda havaskor MMA bo‘yicha IMMAF doirasida navbatdagi jahon chempionati start olgandi. Kecha 9 noyabr kuni 18-20 yosh va kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligining dastlabki final bahslari o‘z yakuniga yetdi. Ya’ni kattalar o‘rtasidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Medallar jamg‘arish bo‘yicha 3 ta oltin, 1 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi yetakchi bo‘ldi. 2- o‘rin 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqqan Tojikiston terma jamoasiga nasib qilgan bo‘lsa, 3 ta oltin, 1 ta kumush bilan ukrainaliklar kuchli uchlikka yakun yasab berishdi.

Quyida, o‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlar bilan tanishing:

Oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar: 1. Tillayev Jamshid 61.2 kg 2. Rashidov Zafar 65.8 kg 3. Anvarjonov Asrorbek 97 kg.

Kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchi: Usmonov Qarshi 52.2 kg.

Bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchilar: 1. Xaitmatov Firdavs 56.7 kg 2. Shukurov Shamshod 93 kg 3. Qodirov Islombek 97 kg 4. Muxtorov Xumoyiddin +97 kg 5. Kadirova Natalya 47.6 kg 6. Jumanova O‘g‘iloy 70.3 kg 7. Kazakbayeva Gulsara 74.8 kg 8. Yuldasheva Mashxura 79.4 kg.

Bugun "Humo" arenasida 18-20 yosh toifasida finallar o‘tkaziladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, MMA bo‘yicha jahon chempionatlarida ishtirok etishni boshlagandan buyon o‘zbekistonlik sportchilar jahon chempionatlarida bunday natijaga yaqin ham kelmagan edi. Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilar, ularning murabbiylarii, mutasaddilar boringki barcha mehnat qilganlarni muborakbod etamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MMA terma jamoasi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi