
A Seriyaning 12-turidan o‘rin olgan "Roma" - "Bolonya" o‘yinida mehmonlar g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Kastro, Rikkardo va Karlsson bittadan gol urgan bo‘lsa, El-Shaaravi dubl bilan javob qaytardi. Shomurodov uning bitta goliga assist amalga oshirdi.
Shu tariqa, rimliklar turnir jadvalida 12-o‘ringa joylashdi.
"Roma" — "Bolonya" 2:3
Gollar: 0:1 – 25 Kastro, 1:1 – 63 El Shaaravi, 1:2 – 66 Orsolini, 1:3 – 77 Karlsson, 2:3 – 82 El Shaaravi.
"Roma": Svilar, Anxelino, Ndika, Manchini, Pizilli (Baldansi, 61), Soule (Shomurodov, 57), Chelik (Dal, 61), Kone (Paredes, 80), Kristante, El-Shaaravi, Dovbik.
"Bolonya": Skorupski, Miranda, Lukumi, Bekema, De Silvestri (Posh, 46), Pobega, Froyler, Ndoye (Karlsson, 23), Odgor (Fabbian, 67), Orsolini (Kazale, 84), Kastro (Dallinga, 68).
Ogohlantirish: De Silvestri (45), Miranda (68), Karlsson (87), Manchini (87). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar