Bugungi kunda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida faqatgina ikki futbolchimiz – Italiyada Eldor Shomurodov va Fransiyada Abduqodir Husanov o‘ynamoqda. Ayniqsa, 20 yoshli Husanov “Lans”dagi o‘yinlari orqali Yevropaning grand klublari nazariga tushgani o‘zbekistonlik muxlislarni xursand qilyapti.
Yevropaga ketish ehtimoli katta bo‘lgan o‘yinchilarimizdan biri Abbosbek Fayzullayev hisoblanadi. Anchadan beri 21 yoshli hujumkor futbolchining kuchli ligalarga o‘tishi muhokama qilib kelinmoqda.
Rustam Ashurmatov, “Rubin” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi:
Telegram kanalida guruhimiz bor. Hammamiz Abbosbek Fayzullayevni Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lgani bilan tabrikladik. Abbosbek bu sovringa munosib edi va uni qo‘lga kiritdi.
Uning Yevropaga ketish haqida fikr bildirar ekanmiz, balki bunaqa narsalarni gapirish hali biroz erta bo‘lishi mumkin. Lekin Fayzullayev hali yana o‘sishga qodir.
Abbosbek Fayzullayev kuchli ligalarda o‘ynashi va milliy terma jamoamizga yordam berishiga umid qilamiz.
Vladimir Ponomaryov, SSKA sobiq futbolchisi:
Abbosbek Fayzullayev – Rossiya futboli uchun juda yaxshi o‘yinchi. Dribling orqali raqiblarini aldab o‘ta oladi va darvozaga aniq, kuchli zarba yo‘llashni biladi. U hamon SSKAning eng zo‘r futbolchisi. Chunki bizda boshqa o‘yinchilar yo‘q.
Ivan Oblyakov bo‘shashib qoldi. Miralem Pyanichning tempi sekin.
Fayzullayevda ham muammolar kuzatilib turadi. Balki bu charchoq bilan bog‘liqdir. O‘zini yo‘qotib qo‘ydi, demayman. Futbolchilar o‘ziga tanqidiy baho berishni bilishi kerak. Ko‘pincha, yosh o‘yinchilarni katta maosh buzadi.
Fayzullayevning top-klubga o‘tishi haqida nima deyishim mumkin? Boshqa biror jamoada o‘ynolmaydi. Bo‘yi past, jismoniy ko‘rsatkichlari kamtar. “Bavariya”da o‘ynab ketolmaydi. Unga Yevropada ish yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023 yilning avgustidan beri SSKAda o‘ynab kelmoqda. Debyut mavsumida yorqin o‘yinlari tufayli Rossiya Premer-ligasining eng asosiy kashfiyoti bo‘lgan legionerimizga “Bavariya”, “Vilyarreal” va “Parma” kabi klublardan qiziqish bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Abbosbek Fayzullayev joriy mavsumda ham samarali o‘ynayapti. Hamyurtimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi bahslarida jami 19 ta uchrashuv o‘tkazib, ikkita gol va oltita assist muallifi bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi