5 714
Ispaniya soliq xizmati Neymarning «Barselona»ga o‘tishi bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda
Ispaniya soliq xizmati Neymarning Braziliyaning «Santos» klubidan Ispaniyaning «Barselona» klubiga o‘tishi bilan bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqish uchun sudga arznoma topshirdi. Ayblovchi tomon futbolchi, uning otasi hamda ko‘k-anorranglilar jamoasining sobiq prezidenti Sandro Roselni firibgarlik va korrupsiyada ayblab, ularning javobgarlikka tortilishini istamoqda. Bu haqda "Sport.es" ga asoslanib "Kun" xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, sud shu yilning iyulida bu ishni jinoyat alomatlari sezilmagani va etarli dalillar bo‘lmagani uchun yopgandi.
Soliqchilarning iddao qilishicha, har ikkala tomon Neymarning transfer narxini pasaytirib ko‘rsatgan va 13 million evrodan ko‘proq mablag‘ni yashirib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilda «Barselona»ga 57,1 mln evro evaziga transfer qilingandi. Ispaniyalik prokurorlarning hisoblashicha, aslidas futbolchining transfer qiymati 100 million evrodan ortiqroq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Abdusalom Azizovning DXX raisligidan haydalgani tasdiqlandi
O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Germaniya yil oxirigacha Ukrainaga yana ikkita IRIS-T havo mudofaa tizimini yetkazib beradi