
“Manchester Yunayted” Erik ten Xag iste’foga chiqarilganidan keyin vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turgan Ruud van Nistelroy o‘z shtabi bilan birga klubni tark etganini rasman ma’lum qildi.
- Ruud van Nistelroy “Manchester Yunayted” afsonasi va doim shunday bo‘lib qoladi. Biz unga klubda ishlagan davrida o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgani va jamoa rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz.
U har doim “Old Trafford”ning aziz mehmoni bo‘lib qolaveradi.
Biz tez orada yangi murabbiylar shtabini tasdiqlaymiz, - deyiladi klub bayonotida.
Ruud van Nistelroy bilan birga klubni bosh murabbiy yordamchisi Rene Xake, darvozabonlar murabbiyi Yelle ten Rouvelaar va uchrashuvlar tahlilchisi Piter Porel ham tark etdi.
Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim 11 noyabrdan boshlab, rasman “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar