13:38 / 12.11.2024
51

Mayk Tayson blogerga qarshi jangda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi

Mayk Tayson blogerga qarshi jangda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Fighttime
Shu haftada ringga qaytadigan professional boks afsonasi Mayk Tayson bloger Jeyk Pol bilan jangi uchun yigirma million dollar kafolatlangan gonorar oladi, uning raqibi esa bundan ikki baravar ko‘p pul oladi, deb xabar bermoqda “Fighttime” sayti.

Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi har biri ikki daqiqadan sakkiz raundga mo‘ljallangan boks jangi professional maqomga ega va 15 noyabr kuni AQSHning Texas shtati, Arlington shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu qarama-qarshilik Netflix striming platformasi orqali translyatsiya qiladi.

Shu yilning iyul oyida 27 yoshli Jeyk Pol sobiq UFC jangchisi Mayk Perrini oltinchi raundda nokautga uchratib, professional ringdagi o‘ninchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan edi.

58 yoshli Mayk Tayson o‘n besh yillik tanaffusdan so‘ng 2020 yilning noyabr oyida 54 yoshli kichik Roy Jonsga qarshi ko‘rgazmali boks jangini o‘tkazib, durang qayd etdi.

Jeyk Pol 1997 yil AQSHning Ogayo shtatida tug‘ilgan. Professional boks bilan shug‘ullanuvchi bloger YouTubedagi kanali bilan mashhur. U platformadan eng ko‘p daromad oluvchi blogerlardan biri hisoblanadi.

Foto: Foxnews
Uning boksdagi faoliyati 2018 yil avgust oyida Deji Olatunji bilan o‘tkazilgan “white-sollar” boks musobaqasida texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan holda boshlandi. Uning professional boksdagi debyuti 2020 yil yanvar oyida bloger Anesongibga qarshi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik u sobiq basketbolchi Neyt Robinson, sobiq MMA jangchilari Ben Askren, Tayron Vudli (ikki marta), Anderson Silva va Neyt Dias, shuningdek, professional bokschilar Andre Avgust va Rayan Bourlandni mag‘lub etdi.

2023 yil fevral oyida Pol faol professional bokschi bilan ilk jangida Tommi Fyuridaga yutqazdi. 2021 yilda Pol o‘zining maslahatchisi Nakisa Bidarian bilan birgalikda Most Valuable Promotions nomli boks promoushen kompaniyasini va Jeffri Vu bilan birgalikda Anti Fund nomli investitsion kompaniyasini tashkil qildi.

Mayk Tayson — taniqli amerikalik bokschi va og‘ir vazn toifasida tarixdagi eng kuchli jangchilardan biri hisoblanadi. Uning boksdagi faoliyati 1980 yillar oxiri va 1990 yillar boshida eng yuqori cho‘qqisiga yetgan. Tayson professional ringda o‘zining kuchli zarbalari va agressiv jang uslubi bilan tanilgan. U 1986 yilda, atigi 20 yoshida, og‘ir vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lib, bunday yutuqqa erishgan eng yosh bokschiga aylangan. U WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlarini birlashtirgan va “Dunyodagi eng qo‘rqinchli odam” laqabini olgan.

Foto: Secondsout
Mayk Tayson faoliyati davomida 58 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan (44 tasi nokaut bilan) va 6 tasida mag‘lub bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mayk Tayson blogerga qarshi jangda qancha gonorar olishi ma’lum bo‘ldi