Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha Tata Steel Chess India turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Oltinchi bor o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqaning mukofot jamg‘armasi 41 500 AQSH dollarini tashkil etadi. Unda o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov (2742) ham bosh sovrin uchun bahs olib bordi.
U bugun, 15 noyabr kuni Magnus Karlsen (2825) ga qarshi dona surdi. Qizg‘in kechgan bahs durang bilan yakunlandi.
Foto: Uzchess
Shunday qilib, Tata Steel Chess India turniri rapid qismi yakuniga yetdi. Natijalarga ko‘ra, Magnus Karlsen 2 ochko farq bilan 1-o‘rin hamda 10 ming dollar pul mukofotiga ega bo‘ldi.
Nodirbek Abdusattorov esa 5 ochko 4-o‘rinni egalladi va 2 ming dollar pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Endilikda Abdusattorov turnirning blis qismida bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Oktyabr oyining so‘nggi kunlarida Londonda shaxmat bo‘yicha WR Chess Masters musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bosqichda Aleksandra Kostenyuk bilan o‘yinda g‘alaba qozongan Nodirbek Abdusattorov chorak finalda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan bahsda mag‘lub bo‘lib, musobaqani erta yakunladi.
3—12 oktyabr kunlari Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tgan turnirda Nodirbek Alaskan Knighs jamoasi nomidan qatnashdi va turnirni ikkinchi o‘rinda tugatdi.
Oktyabr oyi so‘ngida e’lon qilingan FIDE reytingida Nodirbek Abdusattorov (2777) 6-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oyda ham shu o‘rinda qayd etilgan edi, ammo bu safar u reyting ochkolarini 6 ochkoga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas