KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Sim Yon Nam va futbolchi Xan Kvan Son O‘zbekistonga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz ertangi uchrashuvda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha imkoniyatni ishga solamiz. Buning uchun yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik.
O‘yin bilan bog‘liq tayyorgarliklarni puxta bajardik. Uchrashuv davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga moslashish juda muhim. Shuningdek, raqib jamoaga qarshi alohida strategiyamiz mavjud. Buning ustida ish olib bordik. Futbolchilarimiz o‘yinga to‘liq tayyor va yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz", – dedi Sim Yon Nam.
"Biz O‘zbekiston milliy terma jamoasini chuqur o‘rganib, ularga qanday o‘ynash kerakligini aniqlab oldik. Shu sababli ertangi bahsda ijobiy natijaga erishamiz deb o‘ylayman.
O‘zbekistonga qarshi dastlabki bahsda kutilgan natijaga erisholmagandik. Ushbu muvaffaqiyatsizlik sabablarini o‘rganib, navbatdagi uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko‘rdik. Eronga qarshi bahsdagi kamchiliklarni O‘zbekiston bilan uchrashuvda takrorlamaslik uchun bor mahoratimizni namoyish etamiz", – dedi Xan Kvan Son. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)