Foto: Getty Images
Boks afsonasi Mayk Tayson 16 noyabr sanasida bloger-bokschi Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tarilgan edi. O‘sha jangda 58 yoshli «Temir Mayk» 27 yoshli raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘yishiga qaramasdan, tarixiy jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar berdi Boxing Social.
Sakkiz raund mobaynida Mayk Taysonning 97 ta zarbasidan atigi 18 ta aniq chiqdi. O‘sha kuni Tayson Pol bilan emas, balki vaqtga qarshi jang olib bordi, deyishdi ko‘p tahlilchilar.
Tayson shu yoshida ringga ko‘tarilganining o‘ziga 20 mln gonorar oldi.
Xo‘sh, rekord nimada?
Mayk Tayson boksda debyut qilganidan qariyb 40 yil (14 499 kun) o‘tib, o‘zidan 31 yosh kichik raqibga qarshi ringga chiqdi. Og‘ir vazndagi jami 111 nafar sobiq va amaldagi jahon chempionlarining hech biri bunchalik davomli professional faoliyatga ega emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin