Foto: “The-AFC
O‘zbekiston terma jamoasi hamda “SSKA” klubi futbolchisi YouTubedagi “Qobiljonov” kanaliga bergan intervyusida futbolchining dushmani haqidagi savolga javob berdi.
“Futbolchining eng katta dushmani bu pul va mashhurlik hisoblanadi. Bu ikkisi qo‘shilib ketgan bo‘ladi. Futbolchi mashhur bo‘lgach, o‘zini tutishi o‘zgarib qoladi va muomalasi o‘zgarib qolishi mumkin. Shuning uchun, o‘ylaymanki inson avvalo yaxshi inson bo‘lishi kerak.
Uyda dadam va tog‘am doimo ta’kidlaydigan gap bor. “Yaxshi futbolchi bo‘lishdan oldin, birinchi navbatda yaxshi inson bo‘lishing kerak”, deydi. Agar yaxshi futbolchi bo‘lsang-u, odamgarchiliging bo‘lmasa, hech kim seni hurmat qilmaydi. O‘yining zo‘r bo‘lmasa ham insoniyliging yuqori bo‘lsa, odamlar orasida ham hurmating baland bo‘ladi”, deydi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Abbosbek Fayzullayev JCH—2026 saralashidan o‘rin olgan 6-tur doirasida KXDRga qarshi uchrashuvda g‘alaba golini kiritgan edi. 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Qatarga qarshi uchrashuvda Abbosbek dubl qayd etdi.
Avvalroq “SSKA“ klubi futbolchisi bir oyda qancha sarf qilishi va “Paxtakor”dagi maoshini ochiqlagan edi.
Abbosbek Fayzullayev — 21 yoshda. Milliy jamoa safida 2023 yildan beri to‘p surmoqda. Abbosbek Fayzullayev 23 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Futbolchi Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?