Italiya chempionatining 13-turida “Verona” o‘z maydonida amaldagi chempion “Inter”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Milanliklar mezbonlar ko‘z o‘ngida ularning sevimli jamoasi darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi.
“Verona” bosh murabbiyi Paolo Dzanetti bu mag‘lubiyatdan keyin jamoa a’zolarini mashg‘ulotlar bazasiga qamab qo‘ydi. Murabbiy o‘z xatti-harakatlarini quyidagicha izohladi:
- Men muxlislardan uzr so‘rash kerak, deb o‘ylayman. Chunki ko‘rsatgan o‘yinimiz bu stadionda to‘p tepishga arzimaydi. Muxlislar juda xunuk holat guvohi bo‘lishdi.
Menimcha, shogirdlarimning boshi aylanib qolgan va bu masalani hal qilishimiz kerak. Shu bois, noma’lum muddatga bazaga qamalib olamiz va kerakli o‘yin darajasiga yetishmagunimizcha bu yerdan hech kim chiqmaydi, - dedi Paolo Dzanetti.
“Verona” 13-turdan keyin 12 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»