"Covid-19" keng tarqalgan vaqtda ko‘plab kinoteatrlar bankrot bo‘ldi, restoran, kafe yoki shunga o‘xshash, insonlar to‘planuvchi manzillar yopilib, butun dunyo karantinda hayot kechirdi.
Ammo ma’lum bo‘lishicha, pandemiya UFC ning so‘nggi muvaffaqiyatlarida eng katta omil bo‘lib xizmat qilgan.
Oxirgi bir necha yil ichida UFC moliyaviy jihatdan katta yutuqlarga erishdi va daromadi yildan-yilga oshib bordi. Promoushenning ESPN bilan tuzgan shartnomasi uning asosiy daromad manbai bo‘lsa-da, yangi homiylar bilan ham kelishilgan bitimlar har qachongidan ko‘ra kattaroq daromad olib keldi.
"Pandemiya bizga zarar keltirmadi. Avval 300 000 $ bo‘lgan translyatsiyalarning narxi million dollarga chiqib ketdi. Muxlislarimiz "covid-19" davrida 68 foizga o‘sdi. UFC o‘sha vaqtdan beri to‘plangan muxlislar bazasini saqlab qoldi va shundan beri o‘sishda davom etmoqda", - dedi UFC bosh direktori Dana Uayt "Bloomberg"ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, promoushenning navbatdagi turniri - "UFC 310" 8 dekabr kuni AQSH ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
Ro‘ziqul Burdiyev: "Chempionatda hech qanday maqsad qolmagan"
Devorga yopishtirilgan bananni 6,2 mln dollarga sotib olgan odam uni yemoqchi