08:27 / 26.11.2024
14

"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"

"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
“Paxtakor” klubi Dubayda Elit OCHLning 5-tur doirasida Eronning “Istiqlol” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Nursiz uchrashuvda golsiz durang qayd etildi. “Paxtakor” klubining sobiq sport direktori Ja’far Irismetov mazkur bellashuv borasidagi ayrim savollarimizga javob qaytardi.

- “Paxtakor”ning “Istiqlol”ga qarshi o‘yini bunchalik zerikarli o‘tishini kutmagandik. Sizda qanday taassurot qoldirdi?
- To‘g‘ri aytasiz, qanaqa taassurot qoldirishi mumkin? Jamoa juda bo‘sh o‘yin ko‘rsatdi. “Istiqlol” ham bo‘sh jamoa ekan. Shuning uchun menimcha Eron chempionatida adashmasam 10-o‘rinda. “Paxtakor”ga kelsak, yetakchilarning yo‘qligi bilindi. Dragan Cheran va Sardor Sobirxo‘jayev baribir jamoani yuragi edi. Bu klubni ichki ishi, bunga hech kim aralasha olmaydi. Nima bo‘lganda ham ikkita yetakchi yetishmadi, deb o‘ylayman.

- Jamoa g‘alaba uchun o‘ynadi, deya olasizmi?
- Birinchi taymda pressing qilishdi, yaxshi o‘yin ko‘rsatishayotgandi. Ikkinchi bo‘limda deyarli 45 daqiqa orqada o‘ynashdi. Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda deyarli hujum qilmadi va g‘alaba uchun hech nima qilishmadi, desak ham bo‘ladi.

- Umuman, Shatskixni Cheran bilan munosabati haqida nima degan bo‘lardingiz? Balki Cheran bo‘lganida boshqacha bo‘larmidi?!
- Shatskix bilan Cheran o‘rtasida nima bo‘lgan, aloqasi qanaqa, bilmayman. Albatta, Cheran bo‘lganida “Paxtakor” boshqacha o‘yin ko‘rsatardi, deb o‘ylayman. Dragan bunday uchrashuvlarda o‘yin taqdirini hal qila olardi, nazarimda. Bu kabi uchrashuvlarda bitta hal qiluvchi zarba kerak bo‘lardi. Afsuski, “Paxtakor”da hozirgi paytga kelib bunday futbolchi yo‘q.

- “Paxtakor”ga Superligani medallarsiz o‘tkazgani ham OCHLdagi ushbu bahs oldidan salbiy ta’sir ko‘rsatdi, deb o‘ylaysizmi?
- O‘ylashimcha, medallarsiz qolgani salbiy ta’sir ko‘rsatdi, deb hisoblamayman. Chunki bu OCHL, bu O‘zbekistonni yuzi. Buni maydonga chiqayotgan futbolchilar his qilishi, o‘zini ko‘rsatishga harakat qilishi kerak. Baribir OCHL katta bozor. Qanchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatishsa, futbolchilarga shunchalik yaxshi klublardan takliflar tushishi mumkin. Biroq biror-bir futbolchini yaxshi o‘ynadi, deb aytish qiyin.

- Shatskixni yana klubga qaytganiga fikringiz qanday? Ko‘pchilik chetdan murabbiy kelishini kutmoqda...
- Avvalambor Shatskixni rasman hech kim ketdi, deb e’lon qilmagan. Shartnomasi bor, uni bajarish kerak. Qaytib kelgan. Biror sabab bo‘lgandir. Hammasi klubni ichki ishi. Balki kasal bo‘lib qolgandir. Nima bo‘lganini bilmaymiz. Chetdan murabbiy kelsa yaxshi. Lekin kelgan taqdirda ham material bo‘lishi lozim. Agar material bo‘lmasa chetdan kelgan murabbiy bilan nimani hal qilsa bo‘ladi? Baribir xorijlik mutaxassisga ham o‘yinchilar kerak bo‘ladi-ku!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"