Italiya A Seriyasi 14-turining markaziy uchrashuvlaridan biri poytaxtdagi “Olimpiko” stadionida bo‘lib o‘tadi. To‘planib qolgan muammolarini hal qilishga urinayotgan “Roma” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida chempionlik uchun kurashayotgan “Atalanta”ni qabul qiladi.
Ushbu uchrashuv oldidan “bo‘rilar” bosh murabbiyi Klaudio Raneri bir nechta yaxshi xabar eshitdi va bahs oldidan kayfiyati juda yaxshi.
Gap shundaki, jarohat, kasallik va turli boshqa sabablarga ko‘ra, safdan chiqqan hujumkor futbolchilar yana mashg‘ulotlarga qaytdi va bo‘lajak o‘yinda maydonga tushib, to‘p tepishga tayyor.
Taniqli insayder Janluka di Marsio Eldor Shomurodov haqida alohida to‘xtalib, o‘zbek legioneri mushakdagi jarohatidan to‘liq tiklangani, umumiy guruh mashg‘ulotlarida intensiv shug‘ullangani, Klaudio Raneri uni yaxshi kutib olib, o‘yin qaydnomasiga kiritgani haqida yozdi.
Bundan tashqari, rimliklarning eng taniqli yulduzi Paulo Dibala hamda Aleksis Salimarks salomatligini to‘liq tiklab murabbiylar shtabi ixtiyoriga qaytdi. Ular ham xuddi Shomurodov kabi jamoa mashg‘ulotlarida ancha ter to‘kdi.
Raneri oldida turgan asosiy muammo himoya chizig‘i bo‘lib turibdi. Mario Ermoso jarohat tufayli tarkibda emas va “Atalanta”ga qarshi bahsda poytaxtliklarga yordam bera olmaydi. Ispaniyalik futbolchining safga qachon qaytishi noma’lumligicha qolmoqda.
Umuman olganda, Klaudio Raneri o‘yin qaydnomasiga quyidagi futbolchilarni kiritdi:
Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov oldida o‘zining jamoaga kerakligini isbotlash vazifasi turibdi. Aslida hamyurtimiz yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida boshqa klubga o‘tishi kutilgan edi.
Lekin o‘sha paytdagi “Roma” bosh murabbiyi Daniele De Rossi hamyurtimizning mashg‘ulotlardagi faolligi va “Empoli”ga qarshi uchrashuvdagi o‘yinini ko‘rib, uni jamoada olib qolishga qaror qilgandi.
Biroq tez orada Daniele De Rossi iste’foga chiqarildi, uning o‘rniga kelgan xorvatiyalik murabbiy Ivan Yurich Eldor Shomurodovga yetarli o‘yin amaliyoti bermadi. Bu mutaxassisning poytaxtdagi sarguzashti ikki oyda poyoniga yetdi.
Endi “Roma” tajribali ustoz Klaudio Raneri qo‘l ostiga o‘tdi. Rimlik murabbiy Eldor Shomurodovni yaxshi biladi. Ular o‘tgan mavsum birgalikda “Kalyari”ni yuqori divizionda olib qoldi.
Shunga qaramay, Eldor “Roma” rahbariyatiga jamoa uchun kerakli o‘yinchi ekanini yana bir karra namoyish qilishi lozim. Chunki mutasaddilar Eldor Shomurodovni boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishni rejalashtirmoqda.
Bir necha manbalar, xususan, romaforever.it portali eksperti Luka Mugnayolining ma’lum qilishicha, “Roma” sport direktori Gisolfi “Barselona”dan ketish payida yurgan Ansu Fatini olib kelish bo‘yicha ish boshlagan.
- Qishki transferlar davrida Gisolfi markaziy hujumchi Artyom Dovbikka o‘rinbosar topishi eng dolzarb masalaga aylandi. “Messining vorisi” sifatida tanilgan Ansu Fati Eldor Shomurodov o‘rnini egallashi kutilmoqda.
“Barselona”dan ketish payida yurgan Ansu Fati universalligi bilan Raneriga qo‘l kelishi mumkin. Iste’dodli o‘yinchi nafaqat markaziy hujumchi o‘rnida, balki oldingi chiziqning boshqa pozitsiyalarida ham o‘ynay oladi. Bundan tashqari, zarur paytda yarim himoya va mudofaaga ham ko‘maklashadi, - deb yozdi Luka Mugnayoli.
Bundan kelib chiqib, ko‘p narsa Eldor Shomurodovning qolgan o‘yinlarda o‘zini qay darajada ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi. Klaudio Raneri esa, o‘zbek hujumchisining imkoniyatlarini yaxshi bilgani uchun avvalgi murabbiylarga nisbatan ko‘proq o‘yin amaliyoti berishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi