Qirg‘iziston premer-ligasida bu yil ham hamyurtimiz Islom Ahmedov boshqaruvidagi “Abdish Ata” klubi chempionlikni qo‘lga kiritdi.
27 ta o‘yinda 22 g‘alaba 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi. 65 ta gol urib, 15 ta to‘p olib chiqqan holda 69 ochko jamg‘arib yaqqol peshqadamlikni saqlab qoldi. Yaqin ta’qibchisini 10 ochkoga orta qoldirdi. Shunday qilib, Islom Ahmedov “Abdish Ata”ni ketma-ket ikkinchi yil mamlakat chempionligiga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Mavsum yakuniga bag‘ishlangan “KPFL Awards 2024” eng yaxshilarni taqdirlash marosimida hamyurtimiz Islom Ahmedov yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi va unga maxsus statuetka topshirildi.
Shuningdek, uning shogirdlari – “Abdish Ata” darvozaboni Marsel Islamqulov eng yaxshi darvozabon, Atay Jumashev eng yaxshi to‘purar hamda Kayrat Jirgalbek Uulu liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?