
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi va SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayevning Rossiya klubida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, futbolchimiz yiliga 110 ming yevro miqdorida maosh oladi. Shuningdek, jamoaning yana bir yetakchilaridan biri Musayev "armiyachilar" safida 220 ming yevro pul ishlab topadi.
O‘z navbatida klub safida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi Igor Akinfeyev hisoblanib, kiper yiliga 1,6 million yevro miqdorida maosh oladi.

Joriy mavsumda Fayzullayev SSKA safida jami 22 ta bellashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 6 ta assist muallifiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar