Osiyo Elit Chempionlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Al Ayn" bahsi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
"Ertaga qiyin bahsda ishtirok etamiz. Ikki jamoa uchun ham juda katta ahamiyatga ega o‘yin. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun ertaga jamoalar uchun faqatgina g‘alaba kerak", - dedi portugaliyalik mutaxassis.
"Ertangi bahsda g‘alabaga qozonamiz degan umiddaman. Bosh murabbiymiz aytib o‘tganlaridek o‘yin ahamiyati juda katta", - deydi himoyachi Kuadio.
- O‘zbek jamoalari bilan birinchi marotaba to‘qnash kelishingiz. O‘zbek futboli haqida nimalar bilasiz?
- Ha. Ertangi bahs o‘zbek klublariga qarshi birinchi o‘yinim bo‘ladi. "Shabab Al Ahli"da faoliyat yuritgan davrim vatandoshingiz Aziz G‘aniyev ham ushbu klubda edi. Aziz bilan o‘zbek futboli haqida biroz gaplashganmiz. Mamlakatingiz futboli haqida kichik tasavvurga egaman.
Kuame Kuadioga savol
- Ertaga biz g‘alaba qozonishimizga ishonaman deb aytib o‘tdingiz. Siz o‘zingizni BAA futbolining bir qismi deb qabul qilasizmi? Sababi siz mahalliylashtirilgan futbolchilardan birisiz.
- Ha. Men o‘zimni Amirlik fuqarosidek his qilaman. Men 2019 yildan beri BAAda yashayman. Hozirgi kunda men BAA milliy terma jamoasi safida ham o‘ynamoqdaman. Shu sababli men o‘zimni ushbu mamlakat futbolining bir bo‘lagi deb hisoblayman.
- "Paxtakor" jamoasi o‘ta omadsiz mavsum o‘tkazdi va Elit Chempionlar ligasida hali birorta g‘alabaga erisha olmadi. Ertangi raqibni qanchalik o‘rganib chiqdingiz? "Sherlar" joriy mavsum qanday o‘yin namoyish etayotganidan xabardormisiz?
- Albatta. Biz "Paxtakor"ni tahlil qilib chiqdik. Bunday musobaqada barcha raqibni sinchkovlik bilan o‘rganish kerak. Ushbu musobaqada faqatgina Saudiya klublari juda yaxshi natija qayd etishmoqda. "Paxtakor"ning hozirgi ochkolari ko‘p emas, ammo oldinda uchta bahs bor. Ushbu o‘yinlarda g‘alaba qozonib 9 ochkoni qo‘lga kiritish mumkin. Biz ham fevral oyidagi bahslarda g‘alaba qozonib keyingi bosqichga yo‘l olishni maqsad qilganmiz.
- Siz Saudiya Arabistonida ham ishlagansiz. Hozir esa BAA klubini boshqarmoqdasiz. Saudiya klublari va Osiyoning boshqa jamoalari o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirib o‘tsangiz? Saudiya klublarining moliyaviy imkoniyatlari ancha yuqori. Masalan, "Paxtakor" yoki "Al Ayn" kabi jamoalar Saudiya klublariga qarshilik ko‘rsatishi mumkinmi?
- Men dastlab "Al Hilol"ni boshqardim. Keyin esa "Shabab Al Ahli" va o‘tgan yili Dohada ishladim. So‘nggi ikki yilda Saudiya klublari anchagina kuchayib olishdi, biroq bu futbol. Futbolda har narsa bo‘lishi mumkin. Syurprizlar ham kam emas. Masalan, o‘tgan mavsumda "Al Ayn" OCHLda g‘olib bo‘ldi. "Al Ayn" musobaqa favoriti emas edi. Haqiqiy favorit maydonda aniqlanadi, maydon tashqarisida emas.
- Murabbiylik faoliyatingizda ko‘plab yosh iqtidorlarni kashf etgansiz. "Al Ayn" safida ham bir nechta iqtidorli futbolchilar bor. Ularni ertaga maydonda ko‘rishimiz mumkinmi?
- Bizda bor-yo‘g‘i ikki hafta vaqt bor edi, xolos. Yosh futbolchilarga imkoniyat berishga majburmiz. Ertangi uchrashuvning ahamiyati qanday ekanligini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Yosh futbolchilar bilan maydonga tushishimiz ehtimoli kam. Yoshlar bilan ishlashga vaqtimiz bo‘ladi, ammo hozir bizga natija muhimroq.
Kuame Kuadioga savol
- Joriy mavsumda "Al Ayn" jamoasining o‘yini qovushmayapti. Amaldagi OCHL g‘olibini musobaqa jadvalining eng so‘nggi pog‘onasida ko‘rish juda g‘alati. "Al Ayn"ga nima bo‘ldi? Natijalar yomonlashishining sababi nimada?
- Fikringiz to‘g‘ri. Joriy mavsumni yaxshi boshlay olmadik. O‘tgan mavsum va hozirgi vaqtni solishtirish noto‘g‘ri. Biz mavsum o‘rtasida murabbiyni o‘zgartirdik. Bu esa biroz vaqt talab etadi. Tez orada natijalarimizni yaxshilab olishimizga ishonchim komil.
- "Paxtakor" Elit ligada eng kam gol urgan jamoa, "Al Ayn" esa eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan jamoa. "Paxtakor"ni o‘rganish jarayonida ko‘proq mahalliy chempionat o‘yinlariga e’tibor qaratdingizmi yoki Elit Chempionlar ligasidagi bahslarni ham o‘rgandingizmi? "Paxtakor"ning ustunlik va kamchilik jihatlarini aytib o‘tsangiz?
- "Paxtakor" ikki xil uslubda o‘ynar ekan. Mahalliy chempionatda 2ta markaziy himoyachi bilan o‘ynasa, xalqaro o‘yinlarda jamoa 3ta markaziy himoyachi bilan harakatlanishni xush ko‘radi. Bu kichik farq. O‘tkazib yuborilgan gollar haqida gapiradigan bo‘lsam, bunchalik ko‘p gol o‘tkazib yuborish normal holat emas. O‘tkazib yuborilgan gollar butun jamoaning aybi hisoblanadi. Faqatgina himoyachi va darvozabon aybi emas. Raqibimiz qanday o‘yin namoyish etishidan qat’iy nazar biz ertaga uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz kerak.
Kuame Kuadioga savol
- O‘tgan mavsumda ham "Paxtakor" bilan to‘qnash kelgan edingiz. "Sherlar" joriy mavsumda katta o‘zgarishlarga qo‘l urdi va tajribali futbolchilar bilan xayrlashdi. Nima deb o‘ylaysiz "Paxtakor" joriy mavsum kuchliroq bo‘ldimi yoki ko‘proq kuchsizlandimi?
- Ushbu jamoaning joriy mavsumdagi o‘yinlaridan xabardor emasman, biroq o‘tgan yili "Paxtakor" bizga ancha muammo yarata olgandi. Men "Paxtakor"ga qarshi kechgan ikkinchi bahsda ishtirok etmagan edim. Umid qilamanki, ertangi raqibimiz o‘tgan mavsumga nisbatan kuchsizroq bo‘lib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Suriyaning Halab shahri isyonchilar tomonidan deyarli butunlay bosib olindi
Elit OCHL. Oston O‘runov gol urgan bahsda "Persepolis" kambek namoyish etdi