
Foto: Bobsoccer
Moskvaning “SSKA” klubi o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Metaratings.ru tayanib Sports.ru xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, klub O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisiga yangi va hozirgiga qaraganda yaxshi shartnoma taklif qilish niyatida.
“SSKA” va Fayzullayev o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Abbos “SSKA”da o‘zining ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda u RPLda 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 4 gol urgan va 7 golga assistentlik qilgan.
Joriy mavsumda esa futbolchi RPLda 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Avvalroq FIFA Moskvaning “SSKA” jamoasiga 2026 yil yozigacha bo‘lgan transfer taqiqini joriy etgani haqida xabar berilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar