
Qatar futbol assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Tintin Markes Lopesni iste’foga chiqardi. Qatar ushbu mutaxassis qo‘lostida Osiyo kubogida zafar quchgan edi.
Qatar terma jamoasiga yangi murabbiy ham tayinlandi. Bugungi kungacha Tintin Markesga yordamchi bo‘lib ishlab kelgan ispaniyalik Luis Garsiya Qatar terma jamoasining yangi ustoziga aylandi. 43 yoshli mutaxassis 2023 yilda Ispaniyaning "Espanol" klubini ham boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, Qatar 14 noyabr kuni o‘z uyida O‘zbekistonni 3:2 hisobida mag‘lub etganidan keyin 19 noyabr kuni Abu Dabida BAA terma jamoasidan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar