
Futbol bo‘yicha Kolumbiya terma jamoasining sobiq a’zosi Diego Osorio 1 kilogramm giyohvand modda – kokain bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Kolumbiya polisiyasi Osorioni mamlakatning Rionegro shahri aeroportida, u 1 kilogramm 145 gramm kokain bilan Ispaniyaga uchib ketmoqchi bo‘lganida qo‘lga oldi.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, sobiq futbolchi qiymati 40 ming evroga teng giyohvand moddani tanasiga yopishtirib olgan edi.
Qayd etish joiz, Diego Osorio 2002 va 2010-yillarda AQShda kokainni noqonuniy ravishda saqlash va sotish yuzasidan muammolarga duch kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, Diego Osorio futbolchilik faoliyati davomida mamlakat termasi safida 1991 va 1993-yillarda Amerika Kubogida ishtirok etgan. Shuningdek, u “Independyente” (Medelyin), “Atletiko Nasyonal” va “Sante-Fe”klublarida to‘p surgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar