
Sobiq jahon chempioni Shon Porter birtaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik o‘rtasidagi revansh haqida gapirdi.
“Ikki narsani inkor qilib bo‘lmaydi - Usikning buyukligi va Fyurining zarbalari. Biz Taysonning zarbalarini o‘lchay olmaymiz, xuddi Aleksandrning buyukligini o‘lchay olmaganimiz kabi.. Birinchi jangda imkoniyatlar 50/50 edi. Ikkinchi to‘qnashuvda ham xuddi shunday holat, biroq men bu safar britaniyalikning g‘alabasiga ishonaman”, - dedi Porter.
Eslatib o‘tamiz, Usik (22-0, 14 KO) va Fyuri (34-1-1, 24 KO) o‘rtasidagi revansh 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar