
Boks boʻyicha ogʻir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy amerikalik Mayk Tayson ukrainalik Oleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri oʻrtasidagi revansh jangida kimga muxlislik qilishi haqida gapirdi.
“Usik — ogʻir vazn toifasida ayni damda dunyoning eng yaxshi bokschisi. Lekin men ushbu jangda Fyuri gʻalaba qozonishiga umid qilaman. Chunki men uning muxlisiman. Otasi unga mening ismimni qoʻygan. Bunday vaqtda men uni tashlab qoʻymayman”, deya Taysonning soʻzlarini keltiradi talkSPORT portali.
Eslatib oʻtamiz, Oleksandr va Tayson oʻrtasidagi jang 22 dekabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) boʻlib oʻtadi. Ma'lumot uchun, 18 may kuni boʻlib oʻtgan birinchi jangda Usik Fyurini hakamlar qaroriga koʻra ochkolar hisobiga magʻlub etgandi.
16 noyabr kuni AQShning Texas shtati, Arlington shahrida Mayk Tayson va Jeyk Pol oʻrtasidagi har biri ikki daqiqadan sakkiz raundga moʻljallangan professional maqomga ega boks jangi boʻlib oʻtdi. Toʻliq davom etgan bahsda Tayson magʻlubiyatga uchragan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar