
Transfermarkt portali Italiya A Seriyasidagi futbolchilar transfer baholarini yangiladi. Unga ko‘ra, «Roma» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer bahosi 1 million yevroga pasaytirilgan. Natijada, O‘zbekiston milliy jamoasi sardorining transfer bahosi 5 milliondan 4 million yevroga tushgan.
Shu tariqa, Shomurodovning transfer narxi 2021 yildagi rekordi – 14 mln yevrodan so‘nggi 3 yil davomida 10 mln yevroga kamayib, 4 mln yevroga tushdi.
So‘nggi marta o‘zbekistonlik forvardning transfer bahosi 6 mln yevrodan 5 mln yevroga tushirilgandi. U bu borada Abduqodir Husanov (12 mln yevro) va Abbosbek Fayzullayevdan (8 mln yevro) keyingi O‘zbekistonning eng qimmatbaho 3-o‘yinchisi bo‘lib turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar