Italiya kubogining nimcharok final bosqichida “Roma” o‘z maydonida “Sampdoriya” futbolchilarini qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.
Klaudio Raneri shogirdlari raqibga qarshi hujumkor o‘yin ko‘rsatdi. Artyom Dovbik dubl qayd etgan bo‘lsa, Tommazo Baldansi va Eldor Shomurodov bittadan to‘p kiritdi.
Uchrashuvdan keyin nufuzli manba – calciomercato.com portali “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.
Metyu Rayan 6:
Muxlislar bilan to‘lgan “Olimpiko” stadionidagi uchrashuvda o‘ynash imkoniga ega bo‘lgan darvozabon biroz hayajonlandi. Shunga qaramay, ishonchli o‘ynadi.
Zeki Chelik 6:
O‘yinga kirishib ketishi qiyin bo‘ldi. Bir necha paslarni o‘tkazib yubordi. Kutilgan darajada o‘ynay olmadi.
Evan Ndika 6,5:
Janluka Manchini va Mats Xummels yo‘qligi tufayli boshlang‘ich tarkibdan joy olgan iguarlik o‘yinchi deyarli bexato o‘ynadi.
Mario Ermoso 5,5:
“Komo”ga qarshi uchrashuvdagi xatolaridan keyin xotirjam o‘ynashga urindi. Lekin aynan uning xatosidan keyin raqib “Roma” darvozasini ishg‘ol qildi.
Aleksis Salemakers 7:
O‘ng qanotda yaxshi o‘ynadi. Uning pasidan keyin Artyom Dovbik gol urdi. Salemakers juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. O‘rnini Matias Sulega bo‘shatib berdi.
Matias Sule 6:
Sule hujumni kuchaytirdi. Dovbikni golli vaziyatga chiqardi. O‘zining zarbasi to‘singa tegdi.
Nikolo Pizilli 6,5:
Yosh futbolchi o‘yindan o‘yinga o‘sib bormoqda. Maydon markazini yaxshi ushlab turdi. O‘rnini Enso Le Fega bo‘shatib berdi.
Enso Le Fe 6:
Raqibning hujumlarini buzishda bo‘shroq o‘ynadi. Bir necha pasni qaytara olmadi.
Leandro Paredes 6,5:
Salomatligini tiklab maydonga qaytgan tajribali yulduz yarim himoya chizig‘ini oqilona boshqarib bordi.
Anjelino 6,5:
Chap qanotni o‘ziniki qilib oldi. Klaudio Raneri uning chapaqayligidan foydalanmoqda. Anjelino Eldor Shomurodovni golli pas bilan ta’minladi.
Tommazo Baldansi 7:
Yana o‘zini ko‘rsatdi. Garchi Raneri kelganidan keyin o‘yin vaqti qisqargan bo‘lsa-da, gol urib, murabbiylar shtabi ishonchini oqladi.
Nikola Zalevski 6:
Raneri uni hujumkor futbolchi sifatida o‘ynatyapti. Lekin bu gal harakatlari biroz bo‘sh chiqdi.
Artyom Dovbik 7:
Kutilgan ishonchni bir juft goli bilan oqladi. Avvalroq, Raneri uni tanqid qilgandi. “Roma”dagi ilk dublini nishonladi. 78-daqiqada o‘rnini Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.
Eldor Shomurodov 7:
O‘zbek futbolchisi maydonga tushganiga bir daqiqa bo‘lar-bo‘lmas yakuniy hisobni ta’minladi. Uning bosh bilan bergan zarbasi raqib darvozabonini ojiz qoldirdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi uchun bundan yaxshisi bo‘lmasa kerak.
“Roma” futbolchilari chorak finalda “Milan”ga qarshi to‘p tepadi. Bu bosqich ikki uchrashuvdan iborat bo‘ladi. O‘yinlar 5-26 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
SofaScore nashri terma jamoamiz sardorining harakatlarini 7,4 bahoga loyiq ko‘rdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Italiya kubogi. "Roma" "Sampdoriya"ni mag‘lubiyatga uchratdi. Shomurodov maydonga tushib bir daqiqa ichida gol urdi