date
views 311

Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi?

Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi?
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov soʻnggi oylarda eng koʻp muhokama qilinayotgan futbolchiga aylangani shubhasiz.

Bir necha kun avval xorij va oʻzbek matbuotida Husanovning ehtimoliy transferi bilan mashhur futbol agenti Jorje Mendesh shugʻullanishi haqida xabarlar paydo boʻldi. Bu xabarlarga futbolchining agenti izoh berdi:

"Abduqodir Husanovning barcha ishlari bilan Football Group agentligi va shaxsan men shugʻullanaman. Ehtimoliy transfer boʻyicha deyarli bir oydan buyon Evropada boʻlib turibman. Koʻplab insonlar bilan uchrashyapmiz, bu ularning transferga aloqasi bor degani emas.

Biz futbolchiga qiziqayotgan klublar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va oʻrtakashlarsiz muzokara oʻtkazyapmiz.

Barchani hurmat qilamiz. Lekin ayni paytda boshqa agent yoki agentlarning Husanovga aloqasi yoʻq. Oʻzbek OAVdan bunga e'tiborli boʻlishlarini iltimos qilgan boʻlardim.

Ehtimoliy transferda eng muhimi pul emas, balki futbolchining rivojlanishi toʻxtab qolmasligi boʻladi. "Lans"ga oʻtishdan oldin ham biz katta pulga emas futbolchining rivojlanishi uchun ideal jamoa topishga intilgan edik. Ya'ni Abduqodir hozirgidek oʻyin amaliyotiga ega boʻladigan va oʻz oldiga aniq maqsad qoʻygan klubga oʻtishi tarafdorimiz. Futbolchi oʻyin amaliyotiga ega boʻlishi JCh saralashi doirasidagi boʻlajak uchrashuvlardan oldin juda muhim
", - dedi Gayrat Xasbiullin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanovga Jorje Mendeshning aloqasi bormi?