Abduqodir Husanov jahon matbuoti qahramoniga aylanib bormoqda. Ayniqsa, Yevropa ommaviy axborot vositalari, tahlil va tadqiqot markazlarida o‘zbek futbolchisi nomini tilga olish odatiy hol bo‘lib qoldi.
Nufuzli manbalar 20 yoshli himoyachining keyingi jamoasi qaysi grand klub bo‘lishini taxmin va tahlil qilayotgan bir paytda Futbol tadqiqotlari observatoriyasi – jahon futbolining eng istiqbolli futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Ushbu observatoriya futbol olamida turli tadqiqotlar o‘tkazib, ularning natijalari asosida reytinglarni tuzib chiqadi. Bu reytinglar grand klublar uchun muayyan o‘yinchilarning salohiyatini o‘rganish va tahlil qilishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
CIES ekspertlari 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarning statistik ko‘rsatkichlari asosida jahon futbolining eng istiqbolli o‘n nafar markaziy himoyachisi reytingini shakllantirli.
Bu reytingda eng yuqori ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov birinchi o‘rindan joy oldi. Hamyurtimizning ko‘rsatkichlari 100 dan 81,8 ballni tashkil qildi.
Kuchli uchlikdan Italiya chempionatida “Fiorentina” sharafini himoya qilayotgan italiyalik himoyachi Petro Komutsso hamda Belgiya yuqori divizionidan “Genk” vakili Matte Smets ham joy oldi.
Reytingning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Ta’kidlash joizki, joriy mavsum 20 yoshli legionerimiz uchun juda muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Abduqodir “Lans” safida Fransiya chempionati va kubogi, Yevropa Ligasi kabi klublar miqyosidagi turnirlarda yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatdi.
Bugungi kunda hamyurtimiz nafaqat Fransiya, balki butun Yevropaning eng iqtidorli markaziy himoyachilaridan biri ekanini isbotlab kelmoqda. Husanovning asosiy ampluasi markaziy himoyachi bo‘lishiga qaramay, himoya chizig‘ining istalgan nuqtasida ishonchli o‘ynay oladi.
Qishki transferlar oynasi oldidan Abduqodir Husanovni bir necha grand klublar o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgani aytilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisiga Fransiyadan “Pari Sen-Jermen” va “Marsel”, Angliyadan “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Lester”, Germaniyadan “Bayer”, “Leypsig”, Italiyadan “Napoli”, “Atalanta”, Ispaniyadan “Atletiko Madrid” kabi nufuzli klublar qiziqayotgani haqida ma’lumotlar chiqarilmoqda.
Abduqodir Husanov joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta assist ham qayd etdi.
Shuningdek, yosh futbolchimiz O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi uchrashuvlari sonini 18 taga yetkazib oldi.
Transfermarkt portali Abduqodir Husanovni 12 million yevroga baholamoqda. Biroq ekspertlar himoyachining asl transfer narxi bundan ancha baland ekanini ta’kidlayapti. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi