2024 yil 25 dekabrdan 2025 yil 1 yanvarga qadar AQSHning Nyu-York shahrida “Rapid va blis bo‘yicha Jahon chempionati” bo‘lib o‘tadi. Unda umumiy 189 nafar shahmatchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Amaldagi chempion Magnus Karlsen jahon chempionatidagi eng kuchli besh raqibi haqida gapirdi.
"Menimcha, dastlabki ikki o‘rinni aniqlash oson - bu Xikaru Nakamura va Alireza Firuzja. Ehtimol, ularning o‘rni almashib ham ketishi mumkin. Keyingisi shubhasiz, Fabiano Karuana. Uesli So ehtimol bu formatda juda ko‘p durang o‘ynaydi, biroq u ilgari bu yerda qatnashmagan, shuning uchun u qanday natija ko‘rsatishini kuzatish qiziq bo‘ladi. Abdusattorov esa, albatta, favoritlar ro‘yxatida bo‘ladi.
Shuningdek, men Arjun Erigaisi o‘zining o‘ziga xos uslubi bilan eng favorit shaxmatchilar qatoridan joy olishini aytgan bo‘lardim.
Xulosa qilib aytganda, taxminim shunday: Xikaru, Alireza, Fabiano, Arjun va Nodirbek", - deya o‘zining taxminlarini bildirib o‘tdi norvegiyalik grossmeyster.
Ma’lumot uchun, turnirda Nodirbek Abdusattorov, Shamsiddin Vohidov, Javohir Sindarov, Jahongir Vohidov, Muhiddin Madaminov va Afruza Hamdamova kabi o‘zbekistonlik shaxmatchilar ishtirok etishadi. Ular bugun jo‘nab ketishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Germaniyada mashinada odamlarni bosib ketgan erkak bunga izoh berdi
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?