
2024 yil ham yakunlanmoqda. Ayrim ligalarda futbolchilar qisqa muddatli ta'tilga chiqadi. Futbol ekspertlari esa, yil yakunlari boʻyicha turli tahlillar, tadqiqotlar va soʻrovnomalar oʻtkazib, natijalarini futbol ishqibozlari e'tiboriga havola etmoqda.
Frantsiya futbolini yoritayotgan lensois.com portali “Lans”ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida soʻrovnoma tashkil qildi. Portal eksperti Eloiza De Mester soʻrovnoma yakunlari boʻyicha quyidalarni ma'lum qildi:
- Abduqodir Husanov — “Lans”ning dekabr oyidagi eng yaxshi oʻyinchisi. Qishki ta'til boshlangani bois dekabr oyi tahlilini biroz erta yopishga toʻgʻri keldi. Lensois.com sayti eng yaxshi oʻyinchini aniqlashni muxlislarga topshirdi.
Soʻrovnoma oʻzbek futbolchining “dahshatli” gʻalabasi bilan yakunlandi. Muxlislar ovozlariga kzra, Husanov jamoadoshlari Adrien Tomasson va Remi Labo Laskarini katta ustunlik bilan ortda qoldirdi. Natijalar bilan quyida tanishib oling, - deb yozdi Eloiza De Mester.
“Lans”ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi soʻrovnomasining yakuniy natijalari quyidagicha koʻrinish oldi:
- Abduqodir Husanov – 81,9%
- Adrien Tomasson – 4,3%
- Remi Labo-Laskari – 3,62%
- Pshemislav Frankovskiy – 3,39%
- Mbala Nzola – 2,94%
- Qolganlar: 2 foizdan kam.
Eslatib oʻtamiz, 20 yoshli legionerimiz avval ham ikki bor – sentyabr va oktyabr oylari yakunlari boʻyicha jamoasining eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor boʻlgan edi.
PIMS62:
Abduqodir Husanov biz uchun Yangi Rafael Varan. Afsuski, jamoamizda uzoq qolmaydi...
BLACK_CATS_62:
Men Husanovni Varan bilan solishtirmagan boʻlardim. Chunki ularning oʻyin uslubi umuman bir biriga toʻgʻri kelmaydi.
Husanov juda baquvvat himoyachi, toʻqnashuvlardan qoʻrqmaydi va qochmaydi, shiddatli oʻynaydi, harakatini muntazam kuchaytirib boradi.
Yagona oʻxshashligi ular yoshligidanoq moliyaviy sabablar tufayli klubni erta tark etishidir.
RICOU62:
Afsuski, Husanovning oʻrnini toʻliq bosa oladigan nomzodimiz yoʻq...
JULIO59:
Kevin Danso, Fakundo Medina va Abduqodir Husanov Evropadagi eng kuchli himoya uchligi. Qolganlar esa, oʻrtamiyona oʻyinchilar.
Bular orasida meni faqat Husanov hayratga solmoqda. Yozgacha kutsak, uning narxi yanada koʻtariladi va keyin transfer qilsak boʻladi.
Agar “Lans”da bir necha yil qolsa, oʻyinlaridan bahramand boʻlardik. Oʻgʻlim Abduqodirning haqiqiy fanati!
SLY62:
Adashmasam, “Lans”ning 100 foiz muxlislari uni hech boʻlmaganda yozgacha yoki undan ham uzoqroq jamoasida qolishini istaydi. Bu qishda uning ketishini kuzatish ancha alamli boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanov joriy mavsum boshidan beri barcha turnirlarda 16 ta oʻyin oʻtkazib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari, bitta assist ham qayd etdi. Transfermarkt portali oʻzbek futbolchisini 12 million evroga baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing