O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi

O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi
Toshkentda 25 dekabr kuni O‘zbekiston futzal federatsiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi
Foto: O‘FA
Tadbir avvalida O‘FA hamda O‘zPFL futzalni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish, shuningdek, mini-futbol va sohil futbolini aholi orasida ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida ularni yagona tuzilmaga birlashtirishga qaror qilingani qayd etildi.
O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi
Foto: O‘FA
O‘FA bosh kotibi Avaz Maksumovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston futzal federatsiyasining Ustav loyihasi hamda Ijroiya qo‘mita a’zolari tasdiqlangan. Shundan so‘ng, tashkilotning ta’sis hujjatlari belgilangan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan.
O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi
Foto: O‘FA
2025 yildan faoliyatini boshlaydigan O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti etib BMB Holding kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulov nomzodi ma’qullandi. Jumladan, federatsiyada:
O‘zbekiston futzal federatsiyasiga yangi prezident tayinlandi
Foto: O‘FA
- Bekzod Mamatqulov — federatsiya prezidenti;
- Aziz Akbarjonov — vitse-prezident;
- Ma’rufjon Abdullayev — bosh kotib.

Tadbir davomida futzal bo‘yicha terma jamoamizning keyingi Jahon chempionatlarida munosib ishtirok etishiga tilak bildirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar