
Abbosbek Fayzullaev — Oʻzbekiston va Rossiyaning eng yorqin futbolchilaridan. 21 yoshli hujumkor futbolchi yosh boʻlishiga qaramay, bugungi kunda SSKA va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi etakchisi hisoblanadi.
2024 yilda legionerimiz Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi singari individual sovrinlarni qoʻlga kiritdi.
Abbosbek Fayzullaev jurnalistlarning savollariga javob qaytarib, intervyu berdi.
1-Qism: Abbosbek Fayzullaev: Xolandning koʻzoynagidan ham oldim, mashgʻulotlarga borgim kelmay qoldi...
Davomi:
— Yaqinda ommaviy axborot vositalari “Monako” seni olishni juda xohlayotgani haqida yozdi. Oʻzingga u erdan uy topib ulgurdingmi?
— Xa-xa, yoʻq. Bu xabar chiqishi bilan Tamerlan Musaev va Igor Diveev hazil-huzul qilishni boshladi, ota-onam barcha qarindosh-urugʻlarimiz ularni tabriklay boshlashganini aytdi. Men ularni hammasini tinchlantirdim, bu xabarni internetdan bildim, “Monako”dan qiziqish boʻlayotgani haqida aniq ma'lumot menda yoʻq.
— Keyingi paytda seni Evropaga koʻp “joʻnatishyapti”. “Bavariya”, “Vilyarreal”, “Real Sosedad”, “Jirona”, “Parma” haqida gap chiqdi. Bunaqa narsalar bosim oʻtkazmaydimi?
— Bunga xotirjam munosabat bildiraman. Bunaqa klublardan qiziqish boʻlishi yoqimli albatta, demak, hammasini toʻgʻri qilayotganimdan dalolat beradi. Biroq bu haqda koʻp oʻylasang, oʻyin sifati aniq tushib ketadi.
Oʻzimning agentlarimga ham “Mavsum davom etar ekan, menga boshqa klublar qiziqishi haqida gapirmang”, deb tayinlaganman. Shuning uchun, oʻzim ham bu haqida soʻramayman, ular ham aytmaydi.
Hozir men SSKA oʻyinchisiman, hamma narsa qoniqtiryapti, nima boʻlishini keyin bilib olamiz.
— Oʻzing Evropaga ketishni istaysanmi?
— Albatta. Maqsadim ham shu. Lekin hamma narsaning oʻz vaqti bor. Hozirgacha Evropaning biror klubi mening transferim boʻyicha SSKAga rasmiy taklif yuborgan holat boʻlgani yoʻq. Hammasi suhbatlar darajasida boʻlgan.
— Oʻzing qaerda oʻynashni xohlaysan?
— Ispaniyada. Xudo bersa, “Barselona”da. Lekin Evropadagi faoliyatimni oʻrtamiyona klubda boshlashga ham tayyorman.
— Oʻzingni qanchaga baholaysan?
— Transfermarktda transfer narxim 8 million evro ekanini koʻrdim.
— SSKA sening transfering uchun qancha talab qiladi deb oʻylaysan?
— Bilmadim. Bunaqa savollarga javob berishni istamayman. SSKA menga ishonch bildirdi, imkoniyat berdi. Bu klubni yaxshi koʻraman, hurmat qilaman. Taklif SSKAni qoniqtirsagina ketaman.
Davomi bor...
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!