22:51 / 31.12.2024
179

Srechko Katanes Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibni e'lon qildi

Srechko Katanes Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun tarkibni e'lon qildi
OʻFA xabariga koʻra, milliy jamoamiz 20-31 yanvar kunlari Qatarda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazadi. Vakillarimiz yigʻin doirasida 27 yanvar kuni Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bosh murabbiy Srechko Katanes tomonidan mazkur yigʻinga, asosan, mahalliy chempionatda toʻp suruvchi futbolchilar jalb etildi.

Oʻzbekiston milliy jamoasining Qatardagi yigʻinga jalb etilgan tarkibi:

Darvozabonlar: Abduvohid Ne'matov (Nasaf), Botirali Ergashev (Neftchi), Hamidullo Abdunabiyev (Bunyodkor)

Himoyachilar: Avazbek Oʻlmasaliyev (OKMK), Gʻolib Gʻaybullayev (Nasaf), Dilshod Komilov (Nasaf), Islom Qobilov (Soʻgʻdiyona), Jahongir Oʻrozov (Dinamo), Farrux Sayfiyev (Navbahor), Sherzod Nasrullayev (Nasaf), Saidazamat Mirsaidov (Navbahor), Zafarmurod Abdurahmatov (Nasaf)

Yarimhimoyachilar: Akmal Mozgovoy (Nasaf), Odil Hamrobekov (Bunyodkor), Jamshid Iskanderov (Navbahor), Jahongir Abdusalomov (Surxon), Oybek Bozorov (Nasaf)

Hujumchilar: Anvarjon Hojimirzayev (Dinamo), Azizbek Amonov (Neftchi), Doniyor Abdumannopov (Paxtakor), Bobur Abduxoliqov (Nasaf), Husayn Norchayev (Neftchi), Jasur Yaxshiboyev (Ordabasi, Qozogʻiston).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport