"Barselona"ga Xans-Diter Flik istagi va "Evro-2024" turniridagi ajoyib harakatlari sababli olib kelingan Dani Olmoning jamoadagi taqdiri klubning uzoq yillik moliyaviy inqirozi tufayli soʻroq ostida boʻlib qolmoqdami? Endi uni tarkibda koʻrmaymizmi..?
Yaqin bir necha kun ichida futbol, aynan "Barselona" va Ispaniya futboli muxlislari orasida yuqoridagi kabi savollar koʻp uchramoqda va albatta bular oʻz-oʻzidan emasligi aniq.
Soʻnggi hafta davomida xorijiy OAVda Olmo va "Barselona" haqida turli xil mavzudagi xabarlar tarqalmoqda. Hoʻsh, ularning qay biri haqiqatga toʻgʻri keladi-yu, qaysilari feyk?
"Barselona" yozgi transferlar oynasida tarkibning yarim himoya chizigʻini kuchaytirish maqsadida klub tarbiyalanuvchisi hisoblangan Dani Olmoni "RB Leyptsig"dan 55 million evro evaziga sotib oldi. Futbolchining "Evro-2024" turniridagi sermahsulligi, koʻplab vaziyatlarda bogʻlam vazifasini bajarib bera olishi va bir necha pozitsiyalarda qiyinchiliklarsiz harakat qilishi "koʻk-anorranglilar"ning e'tiborini tortdi. Bosh murabbiy lavozimiga kelganiga koʻp boʻlmagan Flik ham Evropa chempionini oʻz jamoasida koʻrishga qarshi boʻlmadi.
Moliyaviy inqiroz boʻlishiga qaramasdan klub qanday ish tutdi?
Joan Laporta 2021 yilda prezidentlik lavozimiga qaytganidan beri "Barselona" futbolchilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun uzluksiz kurash olib bormoqda. Biroq, Olmo bilan bogʻliq vaziyat oʻziga xos xususiyatlarga ega.
"Barsa"ning yangi oʻyinchilarni roʻyxatga olishdagi muammolari La Liganing maosh chegarasi bilan bogʻliq. Ligadagi har bir jamoa oʻzi ishlab topayotgan daromadga qarab maosh chegarasiga ega va Blaugrana ancha vaqtdan beri oʻz chegarasidan yuqori faoliyat yuritmoqda. Klub Olmoni roʻyxatdan oʻtkazish uchun maoshlarni kamaytirish va daromad manbalarini koʻpaytirishga majbur boʻldi. Ular bunga avgust oyi oxirida Andreas Kristensenning uzoq muddatli jarohati tufayli erishdilar.
La Liga klublarga jarohat olgan har qanday oʻyinchi maoshining 80 foizini boshqa oʻyinchini roʻyxatdan oʻtkazish uchun ajratishga ruxsat beradi. Kristensen maoshining 80 foizi Olmoning uzoq muddatli shartnomasini qoplash uchun etarli boʻlmasa-da, La Liga yangi maosh chegarasi qoidasini joriy etdi. Bu esa "Barsa"ga mavsumning dastlabki ikki oʻyinini oʻtkazib yuborgan ispaniyalik futbolchini roʻyxatdan oʻtkazish imkonini berdi.
Ushbu yangi qoida esa klubga Olmoni faqat 2024/25 yilgi mavsumning birinchi yarmida roʻyxatdan oʻtkazish imkonini berdi. Ushbu muddat esa 2024 yil 31 dekabrda tugadi. Biroq, bu Olmoning "Barselona"ni butunlay tark etganini anglatmaydi.
Futbolchi faqatgina La Liga bahslarida ishtirok eta olmaydi. Ispaniya Superkubogi, Ispaniya kubogi, Chempionlar Ligasi doirasidagi bellashuvlarda esa xavbek uchun hech qanday cheklov yoʻq. Bundan tashqari, Olmoning oʻzi ham klubda qolib, 2030 yilga qadar "Barselona" bilan koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritish niyatida.
Mazkur holat atrofida taqdim etilayotgan har qanday xabar ham haqiqatga yaqin boʻlmasligi mumkin. Shunday ekan, voqea rivojini klubning soʻnggi qaroriga qadar kuzatish lozim.
Jahongir Inomjonov
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" Husanov uchun 50 mln yevro taklif qildi
UFC egalari boks ligasini tashkil qilmoqchi
Abbosbek Fayzullayevni Kilian Mbappe va Florian Virsga qiyoslashdi
Xans-Diter Flik: Bu yulduzni koʻzimdan tezroq yoʻqotinglar!
Abduqodir Husanov qaysi jamoaga oʻtgani yaxshiroq?
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi