Bugun, 7 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida er uchastkalaridan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasida 3 ta kodeks va 5 ta qonunlarga er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish tizimini joriy etish, ularni belgilash va oʻzgartirish tartiblari aks etmoqda. Qolaversa, aholining koʻp sonli taklif va e'tirozlari inobatga olingan holda fuqarolar tomonidan turar joylariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik yuzasidan belgilangan javobgarlik yengillashtirilmoqda, ya'ni jarima miqdori kamaytirilmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi kelgusida er uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari belgilanishiga va bundan er uchastkalari foydalanuvchilari, ijarachilari hamda mulkdorlari xabardor boʻlishiga, er resurslaridan oqilona foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish, er uchastkalaridan foydalanish jarayonida er va shaharsozlik qonunchiligi oʻrtasidagi munosabatlarni ta'minlashga xizmat qiladi.
E'tiborlisi, davlat er va shaharsozlik kadastrlarini yuritish tartibini takomillashtirish hamda turar joyga boʻlgan huquqini oʻz vaqtida davlat roʻyxatidan oʻtkazmagan fuqarolarga nisbatan ma'muriy javobgarlik yengillashtirilishiga erishiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.
Ma'lumot uchun, MJtKning 68-1 moddasida Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga er uchastkasiga, bino va inshootga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, fuqarolarga BHMning oʻn baravari, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravari miqdorida jarima jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
AQSh “Tolibon” bilan mahbuslar almashinuvi boʻyicha muzokaralar olib bormoqda
"Manchester Siti" navbatdagi "yirtqich" himoyachi Abduqodir Husanovni sotib olmoqchi