
Ispaniya Superkubogining yarim finalidan oʻrin olgan "Barselona" - "Atletik" bahsi boʻlib oʻtdi va unda kataloniyaliklar zafar quchdi.
Dastlab, Gavi hisobni ochgan boʻlsa, Lamin oradagi farqni ikkitaga oshirib qoʻydi.
Shu tariqa, "Barselona" finalga yoʻl oldi. Klubning keyingi raqibi "Real" - "Malorka" uchrashuvida aniqlanadi.
"Atletik" – "Barselona" 0:2
Gollar: 0:1 – 17 Gavi, 0:2 – 52 Yamal.
"Atletik" – Unai Simon, Berchiche, Paredes, Vivian, Lekue (De Markos, 63), Prados (Vesga, 63), Xauregisar, Unai Gomes (Djalo, 80), Berenger (Serrano, 73), Uilyams, Guruseta (Uilyams, 63).
"Barselona" – Shchensni, Balde (Martin, 83), Martines, Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado (Erik Garsiya, 83), Gavi (de Yong, 73), Rafinya, Yamal (Lopes, 63), Levandovski (Ferran Torres, 73).
Ogohlantirishlar: Berenger (50), Kunde (76).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar