"Paxtakor"ning Turkiyadagi mashgʻulotlariga klub raisi Jahongir Ortiqxoʻjayev tashrif buyurdi. Jamoa ushbu mavsum qanday maqsadlarga erishishi kerakligini mashgʻulot yakuniga etganidan keyin Jahongir Abidovichning oʻzi futbolchilarga tushuntirdi.
"Biz Sizlarga futbol oʻynashingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beramiz. Shuning uchun ham Evropa havosidan nafas olgan mutaxassislarni jalb qildik. Mening niyatim Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JChda ishtirok etsin va "Paxtakor" muxlislari terma jamoa safida Sizlardan imkon qadar koʻprogʻingizni tarkibda koʻrib hursand boʻlsin. 2024 yilgi mavsumni unutamiz. Bizdan muxlislar qanday holatda boʻlmaylik chempionlikni kutishadi. Bu yilgi tarkibimiz eng yaxshilaridan deb bilaman. Yoshlarning oldiga Igor Sergeyev va Iroq terma jamoasidan Basharni qoʻshdik. Bu erda Alijonov, Sobirxoʻjayev va Hamdamov kabi kuchli futbolchilarimizni safimizda olib qoldik", - deydi Jahongir Abidovich.
Suhbat jarayonida Jahogir Abidovich, Pedru Moreyradan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida soʻradi. Oʻz navbatida portugaliyalik mutaxassis qoʻl ostidagi shogirdlari bilan faqat maksimal natija uchun kurashishini takidlab oʻtdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Neymar: “Men Ronalduning fikriga toʻliq qoʻshilaman”
Olimpiadalarda oʻzbek yigitlariga magʻlub boʻlgan mashhurlar...
Javohir Sindarov nufuzli turnir finalida magʻlubiyatga uchradi
Abduqodir Husanov oʻziga jamoa tanladi! Vizaga hujjat topshirildi...
Husanov fantastik narxga ketadi, xaridor nomi oydinlashib qoldi!
Fabritsio Romanodan Abduqodir Husanovning transferi boʻyicha yangi post!
Dekabrda nechta kelishilgan oʻyin oʻynalgani ma'lum qilindi
Husanovga A Seriyadan qiziqish! Unga Shomurodov bilan bir ligada oʻynash imkoni bu...