
2024 yilgi mavsumda OKMK bilan 3 yillik shartnoma imzolagan markaziy himoyachi Asadbek Rahimjonov endilikda faoliyatini Toshkentning "Bunyodkor" jamoasida davom ettiradi.
OKMK futbolchini "Bunyodkor" klubiga transfer qildi. Ma'lumotlarga qaraganda, "qaldirgʻochlar" Rahimjonov uchun "konchilar"ga katta tovon puli toʻlab bergan.
"Konchilar"ning yosh va istiqbolli himoyachisi oʻtgan mavsumni "Olimpik" safida boshlagan boʻlsa, mavsumning ikkinchi yarmida "Bunyodkor" klubiga ijaraga oʻtkazilgandi. Asadbek Rahimjonov yangi mavsumdan boshlab rasman "qaldirgʻochlar" safida toʻp tepadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar