"Paxtakor" klubi braziliyalik darvozabon Jonatan Luis bilan shartnoma imzoladi.
U Portugaliyaning yuqori ligasida 125 ta oʻyinda maydonga tushgan. Soʻnggi jamoasi "Riu Ave". Avvalgi mavsumda klubining asosiy posboni boʻlgan. 2023/24 yilgi mavsumda jami 29 marotaba asosiy tarkibda maydonga tushgan. Joriy mavsumda asosiy tarkibdagi soʻnggi oʻyinini 4 oktyabr kuni "Famalikao" (1:1) jamoasiga qarshi oʻtkazgan. 9 avgust kuni start olgan Portugaliya chempionatida "Sporting"ga qarshi oʻyin bilan mavsumni boshlagan.
Boʻyi 190 sm boʻlgan darvozabon 1991 yilda Braziliyaning San-Migel-du-Uesti shahrida tavallud topgan. Faoliyatini asosiy qismini Portugaliyaning ikki ligasida oʻtkazgan.
"Bugungi kunda "Paxtakor"da ikki nafar yosh darvozabon bor. Jonatan Luis kabi statistikaga ega posbonlarni har doim ham chempionatimizda koʻravermaymiz. Bejizga darvozabon yarim jamoa deyilmaydi. U jamoamizda sogʻlom raqobat yarata oladi deb oʻylayman. Bu Nazarov va Shevchenko uchun ham katta maktab boʻlishi kerak.
Chunki "Paxtakor"ning kelajagi aynan shu ikki posbonda deb bilaman. Oldimizda tarkibni kuchaytirish boʻyicha yana bir ikki futbolchilar turibdi. Oʻtkazgan ikki oʻyinimizdan kelib chiqsam Pedro Moreyraning munosabati menga yoqdi, u yoshlar bilan tajribali futbolchilarni bir tarkibda jam qila olyapti", - deydi klub raisining oʻrinbosari Dilshod Karimov.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar