"Paxtakor" braziliyalik hujumchi Jovino Flamarion bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchi "Dinamo" Batumi safida 2022 va 2023 yilgi mavsumlarda mamlakat toʻpurari boʻlgan. 2019 yilda esa toʻpurarlar poygasida ikkinchi oʻrinni olgandi. Flamarion Gruziya chempionatida 139 ta oʻyinda maydonga tushgan va 59 ta gol urgan. 23 marotaba assist qayd etgan. Bir mavsum quyi ligasida 32 ta bahsda 24 ta gol urgan. Rossiya Premer Ligasida esa 20 ta oʻyin, 4 ta gol.
Futbolchi faoliyatining asosiy yillarini chap qanot vingeri va markaziy hujumchi sifatida oʻtkazgan.
Shartnoma imzolagach, braziliyalik futbolchining fikrlari shunday boʻldi:
- MDH futboli menga tanish. Faoliyatimning katta qismini Gruziyada oʻtkazganman. Xuddi oʻsha sermahsullikni "Paxtakor" safida ham takrorlash uchun mehnat qilaman va mamlakat chempionatida muvaffaqiyat qozonish uchun harakat qilaman.
Jovino Flamarion "Paxtakor" bilan shartnomaga imzo chekgan toʻrtinchi legioner boʻldi.
"Jovini biz ikki mavsum avval qoʻlga kiritishni istagandik. Joriy mavsum uchun u bilan kelishuvga erishdik. 2025 yilgi mavsum yoshlarimiz bilan tajribali futbolchilarimizni umumlashtiramiz", - deydi Dilshod Karimov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar