Shomurodov va uning jamoadoshlari «Jenoa»ga qarshi necha bahoga loyiq koʻrildi?

Shomurodov va uning jamoadoshlari «Jenoa»ga qarshi necha bahoga loyiq koʻrildi?
Italiya chempionatining 21-turida “Roma” va “Jenoa” oʻzaro uchrashdi. “Olimpiko” stadionidagi uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

“Roma” A Seriyaning joriy mavsumidagi yettinchi gʻalabasini nishonladi. Ushbu oʻyinda Eldor Shomurodov 85-daqiqada maydonga tushirildi.

Rim klubi faoliyatini yoritib kelayotgan laroma24.it sayti ekspertlari poytaxt klubining oʻyinini quyidagicha baholadi.

Mile SVILAR 6:
Barqaror oʻynadi. Raqib futbolchisi Patritsio Mazini gol urgan vaziyatda zarba oʻta kuchli chiqdi va uni qaytarish imkoni boʻlmadi.

Janluka MANChINI 6:
Tajribali himoyachi ancha xotirjam oʻynadi, lekin ayrim vaziyatlarda raqibga qarshilik qilishga kech qoldi.

Mats XUMMELS 6:
Nemis futbolchisi uchrashuvda yaxshi oʻynadi, biroq 76-daqiqada Kluadio Ranyeri uni zaxiraga olib, Pizillini tushirdi va taktikani oʻzgartirdi.

Nikolo PIZILLI 6:
Hujumni kuchaytira oldi, bir vaziyatda oʻzi ham darvozani ishgʻol qilishi mumkin edi. Lekin yosh hujumkor futbolchi imkoniyatni boy berdi.

Evan NDIKA 6,5:
Dastlab uch himoyachi orasida eng zoʻri boʻldi. Keyin Ranyeri toʻrt himoyachi bilan oʻynashga qaror qilganida ham oʻzini koʻrsatib turdi.

Aleksis SALEMAKERS 6:
Bu gal Aleksis porlagani yoʻq, charchab qolgani sezildi. Bir marta Pellegrinini qulay vaziyatga chiqardi.

Manu KONE 6:
Tinim bilmas yarim himoyachi bu gal ham faol oʻyin koʻrsatdi va rimliklarning raqib oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻygan uchinchi golida ishtirok edi.

Leandro PAREDES 6:
Birinchi boʻlimni juda boʻsh oʻtkazdi, raqib hisobni tenglashtirishida uning ham aybi boʻldi. Keyin ancha faollashdi.

ANJELINO 6,5:
Bu futbolchi hujum qilishda birorta xatoga yoʻl qoʻygani yoʻq. Raqibni ta'qib qilishda ham sovuqqonlik bilan harakat qildi.

Paulo DIBALA 7:
Argentinalik yulduz gol urmagan boʻlsa-da, maydonda eng zoʻri boʻldi. U jamoadoshlarini gʻalaba sari yetakladi deyish mumkin.

Matias SULE 6:
Dibala oʻrniga maydonga tushib, bir necha daqiqa oʻynaganiga qaramay, oʻzini koʻrsatishga harakat qildi.

Lorentso PELLEGRINI 5.5:
Bahsni yaxshi boshladi. Artyom Dovbikning golida ishtirok etdi. Lekin “Roma” darvozasi aynan uning aybi bilan ishgʻol qilindi. Tanaffusda oʻrnini El-Shaaraviga boʻshatib berdi.

Stefan EL-ShAARAVI 7:
Ikkinchi boʻlimni toʻliq oʻtkazgan Stefan juda faol oʻynadi va gol urib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi

Artyom DOVBIK 6:
Bitta vaziyatga ega boʻldi va undan unumli foydalandi. Umumiy oʻyini yaxshi chiqmadi. Oʻrnini Shomurodovga boʻshatib berdi.

Eldor ShOMURODOV 6:
85-daqiqada maydonga tushgan oʻzbek futbolchisi jamoasining soʻnggi daqiqalardagi hujumlarida faol ishtirok etdi. Biroq samarali harakatlarni amalga oshirishga vaqt yetmadi.

Kluadio RANYERI 6,5:
“Roma” gʻalaba qozondi. Ranyeri uchrashuv davomida gʻalabani ta'minlash uchun oʻyinchi tanlash qobiliyatini yana bir bor namoyish qildi. Rim klubi nega aynan bu mutaxassisga ishonch bildirgani tobora oydinlashib bormoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar